MUZEYSHUNOSLIK

MUZEYSHUNOSLIK, muzeologiya — muzeylar tarixi, ularning ijtimoiy vazifalari, muzey ishi nazariyasi va metodikasi masalalarini oʻrganadigan fan tarmogʻi. Muzeyshunoslik tizimiga muzey ishi nazariyasi, muzey ishi tarixi (muzey tarixshunosligi b-n), muzey manbashunosli-g i , muzeylar va muzey tadqiqotlari faoliyatiga doyr barcha oʻziga xos tomonlarni oʻrganuvchi ilmiy metodika kiradi. Muzeyshunoslik muzey buyumlarini jamlash, muzeyga keluvchilarni oʻrganish jarayonida dala tadqiqotlari usullari va bevosita muntazam kuzatuv ishlari, ijtimoiy usullarni qoʻllaydi. Muzeyshunoslikning boshqa fanlar b-n xar tomonlama uzviy bogʻliqligi uning obyektiv jihatdan murakkabligini belgilaydi. Muzeyshunoslik xam ijtimoiy, xam tabiiy fanlar bilan birdek bogʻliq, ayniqsa, muzeyning mavzuiga oid fanlar va yordamchi fan sohalari (tarix, arxeologiya, geologiya, etnografiya, adabiyotshunoslik, zoologiya, sanʼatshunoslik va b.) bilan umumiy tomonlari koʻp. Muzeyshunoslikda muzeylarning tabiat va jamiyatni oʻrganish b-n uzviy bogʻliq boʻlgan manbalarni jamlash, muzey buyumlarini ilmiy hujjatlashtirish, oʻrganish va saqlash, ekspozitsiya va koʻrgazmalar tashkil etish, ilmiymaʼrifiy, gʻoyaviytarbiyaviy faoliyati va b. da namoyon boʻladigan ijtimoiy vazifalari ustida tadqiqotlar olib boradi. Muzeylarni toʻldirish, yodgorliklarni hisobga olish, saklash va restavratsiya qilishning ilmiy tamoyillari ishlab chiqiladi.

M, sohasidagi ishlar yirik muzeylar, taʼmirlash ustaxonalari va i. t. in-tlarida amalga oshiriladi. Xalqaro miqyosda muzey ishini muvofiklashtirish va tajriba almashish ishlarini koʻp mamlakatlarda millim qoʻmitalari boʻlgan YUNESKO qoshidagi Xalqaro muzeylar kengashi (IKOM) amalga oshiradi.

Jaxrndagi koʻplab mamlakatlarda Muzeyshunoslik masalalariga bagʻishlangan jur. lar chop etiladi (YUNESKO ning «Museum» jur. va b.), ilmiy tadqiqot in-tlari, ilmiy markazlar, kafe-dralar mavjud.

Oʻzbekistondagi yirik muzeylarda Muzeyshunoslikka doyr i. t. ishlari olib boriladi. Ayniqsa, «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish toʻgʻrisida» OʻzR Prezidentining 1998-y. 12 yanv. dagi farmoni Muzeyshunoslik sohasida burilish yasadi. Unga koʻra, mamlakat Madaniyat ishlari vazirligi, boshka vazirlik va idoralarga tegishli barcha turdagi mavjud muzeylar faoliyatini muvofiklashtirish, qoʻllabkuvvatlash va ularga zarur ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatishni taʼminlash maqsadida vazirlik qoshida muzeylarni qullab-quv-vatlash respublika «Oʻzbekmuzey» jam-gʻarmasi tashkil etildi. Uning faoli-yatining asosiy yoʻnalishlari qatorida Muzeyshunoslikda umumiy siyosatni amalga oshirishni taʼminlash, Muzeyshunoslik sohasida xalqaro aloqalarni, oʻzaro foydali hamkorlikni rivojlantirish, Oʻzbekiston va xorijda keng koʻrgazma faoliyati orqali mamlakatning boy tarixi, bugungi yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish, muzeylarda saqlanayotgan noyob eks-ponatlarni jahon miqyosida targʻib etish; M. ka zamonaviy texnika vositalarini tatbiq etish, ulardan samarali foydalanishga oid dasturlar i. ch. va ularni amalga oshirishga koʻmaklashish belgilandi. Muzeyshunoslik sohasiga oid ilmiy-amaliy, maʼnaviymaʼrifiy, rangli «Moziydan sado» jur. nashr etiladi.

Mashhura Sharipova, Gavhar Fuzailova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x