MURILYO

MURILYO (Murillo ) Bartolome Esteban (1618.1.1 — Sevilya — 1682.2.4) — ispan rassomi, Sevilya BA asoschilaridan va uning birinchi prezidenti. Sevilyada oʻqigan va ishlagan. Murilyoning karavajizm taʼsiri kuzatiladigan dastlabki asarlaridayoq diniy sahnalar xalq hayotidan lavhalar koʻrinishida tasvirlanadi. 1650-y. lardan asarlarini tilla rangli nursoya bilan boyitilgan oʻta tasviriy uslubga (ayniqsa, manzarali zaminlarda) oʻta borib, diniy kompozitsiyalar, shu jumladan, bibi Maryam hayotidan olingan lavhalarda (mas, «Misr yoʻlida xordiq», 1665—70 va b.) ilohiylashtirilgan va gʻamgin milliy ispan ayolini ajoyib lirizm bilan tasvirlaydi. Murilyo ijodining realistik xususiyatlari ayniqsa uning janrli kartinalarida, Sevilya bolalari hayotini ochiq koʻngillik bilan yengil yumorli tasvirlovchi turkum asarlari («Meva tutgan bolalar» va b.) da yaqqol namoyon boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x