MOʻMIN MIRZO

MOʻMIN MIRZO, Muhammad Moʻmin Mirzo (1486—1497) — te-muriy shahzoda. Badiuzzamonttt oʻgʻli. Husayn Boyqaro nevarasi. Aqlli, ziyrak va jasoratli boʻlgan. 11 yoshida As-trobodda otasi oʻrnida hokim. M. M. amakisi Muzaffar Husayn Mirzo As-trobodni undan tortib olmoq niyatida qoʻshin b-n kelayotganini otasi yuborgan maktub orqali bilgach, shoshilinch ravishda jangga hozirlanib, shahar tashqarisiga chiqib jang qilgan. Lekin, kuchlar teng boʻlmagani tufayli Moʻmin Mirzo asirga olinib, Hirotgajoʻnatilgan va Ixtiyoriddin qalʼasiga qamab qoʻyilgan. Husayn Boyqaroning xotini Xadicha begim oʻgʻli Muzaffar Mirzoning taxtni egallashida asosiy gʻov deb Moʻmin Mirzoni bilardi. U vazir Nizomulmulk bilan kelishib, Husayn Boyqaroning qattiq mastligidan foydalanib, Moʻmin Mirzoni zudlik bilan qatl qilish haqidagi farmonga muhr bostirib olgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x