MOTOTSIKL

MOTOTSIKL (moto… va yun. syklos — doyra, gʻildirak) — ichki yonuv dvigateli bilan taʼminlangan 2 yoki 3 gʻildirakli transport vositasi. Ichki yonuv dvigateli oʻrnatilgan birinchi Mototsiklni nemis ixtirochisi G. Daymler 1885-y. yasagan. Transport, sport va maxsus (oʻt oʻchirish, sanitariya, harbiy va b.) M. lar bor. Asosiy qismlari: dvigatel, kuch uzatmasi (transmissiya), yurish qismi, elektr jihozlari tizimi, rul boshkarmasi, tormoz tizimi. Mototsiklga 2 yoki 4 taktli karbyuratorli dvigatel oʻrnatiladi. Dvigatel tabiiy havo oqimi bilan (baʼzi Mototsikllar, mas, sport Mototsikl larida suyuklik b-n) sovitiladi. Transport Mototsikl lariga oʻrnatiladigan 2 taktli dvigatelning litr quvvati 51,5 — 98,2 kVt/l (70—130 o. k. /l), 4 taktli dvigatelniki 37 — 66 kVt/l (50—90 o. k. /l), sport Mototsikl lariniki 146—220 kVt/l (200—300 o. k. /l). Transport Mototsikl larining tezligi 215 km/soat gacha, sport Mototsikl lariniki — 300 km/ soatgacha (rekord — 513 km/soat, 1978) yetadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x