MONIZM

MONIZM (yun. monas — yakka, yagona) — dunyodagi turli hodisalar negizida bitta ibtido, yagona substansiya yotadi deb hisoblaydigan taʼlimot. M. dualizm va plyuralizmning aksi. Falsafa tari-xida materialistik va idealistik Monizm mavjud boʻlgan. Materialistik Monizm tarafdorlari suvni (Fales), apeyron (noaniq modda)ni (Anaksimandr), havoni (Anaksimen), gomeomeriya (zarra)ni (Anaksagor), atomni (Demokrit, Epikur), olovni (Geraklit) dunyoning yagona moddiy asosi deb hisoblaganlar. Idealistik Monizmning yirik vakili Gegel dunyo va uning hodisalari asosiga dunyoviy gʻoyani qoʻygan. Falsafada Monizm butun borliqni — tabiat, jamiyat, inson maʼnaviy dunyosini bir deb bilish, ular yagona asosdan kelib chiqqan, bir-birlaridan mutlaqo ajralmas deb hisoblashdir.

Tabiatshunoslikda Monizm jonsiz (noorganik) va jonli (organik) tabiat bosqichlari — oʻsimlik dunyosi, hayvonot dunyosi, insoniyat dunyosini bir asosdan uzoq rivojlanish jarayonini bosib oʻtib, bir-biridan kelib chiqqanligi haqidagi taʼlimotdir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x