MOLIK ibn ANAS

MOLIK ibn ANAS Abu Abdulloh (713, Madina — 795) — faqih, muhaddis, molikiylik mazhabining asoschisi. Bodal i kdan liniy ilm oldi, Qurʼoni karimni oʻrgandi. Islom huquqini puxta egallab, «Madina imomi» unvoniga sazovor boʻldi. Molik ibn anas ibn A. biror siyosiy oqimga ergashmasada, hokimiyatning saylab qoʻyilishi qoidasini afzal hisoblardi, lavozimlarga maʼmuriy tayinlanishlarga qarshi edi. Molik ibn anas ibn A. Muhammad (sav) sahobalari aytgan hadislarni muayyan mavzularga ajratib, «al-Muvattaʼ» (ommaviy, barchaga tushunarli maʼnosida) deb atalgan toʻplam tuzdi. Muhaddis buning uchun 40 y. umrini sarfladi. Bu ilk hadis toʻplamlaridan biri boʻlib, bir necha ming hadisni oʻz ichiga olgan.

Molik ibn anas ibn A. mudarrislik faoliyati b-n shugʻullangan. Shogirdlari orasida tanikli muhaddis Muhammad Shayboniy (805-y. v. e.), shofiʼiylik asoschisi Muhammad ibn Idris Shofiʼiy (820-y. v. e.) boʻlgan. Molik ibn anas ibn A. ning ijtimoiysiyosiy qarashlari asosida hokimiyat xalifa qoʻlida boʻlishi, xalifa esa qurayshiylardan saylanishi, alohida vakolatli shaxslardan tashkil topgan guruh (shoʻro) uni tasdiqlashi kerak, degan fikr yotadi. Umuman u Muhammad (sav) davridagi anʼanalarni yoqlab chiqqan, yaʼni «asʼhob al-hadis» («hadis tarafdorlari») oqimining yirik namoyandasi boʻlgan. Umrining oxirida zo-hidlikka berilgan va uzlatda yashagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x