MISR GʻOʻZASI

MISR GʻOʻZASIuzun tolali peru gʻoʻzasi navlarining bir yillik ekologi k guruhi. Koʻp yillik peru gʻoʻzasi shakllari Amerika (Peru)dan Misrga (1818— 20) keltirilgan va bu yerda Misrning mashhur ingichka tolali Ashmuni (1863— 65), Afifi (1887), Yanovich va b. gʻoʻza navlarini yaratishga asos boʻlgan. 1928—29 y. larda Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonda Misr gʻoʻzasi navlari ekilishi natijasida Oʻrta Osiyo respublikalarining jan. hududlarida bu gʻoʻza navlaridan yuqori hosil olish imkoniyati borligi anik,landi. 1932—33 y. lardan boshlab yakka tanlash usuli bilan yaxshilangan Pima, keyinchalik Maarad navlari ekila boshladi. 1935-y. da, Misr gʻoʻzasining Yanovich navidan yakka tanlash asosida Yoʻlatan seleksiya st-yasi (Turkmaniston)da Oʻrta Osiyoda birinchi 2IZ ingichka tolali gʻoʻza navi yaratildi va 1938-y. dan Turkmaniston va Tojikistonda r-nlashtirildi. Misr gʻoʻzasi yuqori hosildorligi, tezpisharligi, soʻruvchi zararkunandalar va zamburugʻli kasalliklarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Misr gʻoʻzasi tolasi nihoyatda qimmatbaho boʻlib, bitta koʻsak vazni 2,5 — 4,0 g, shtapelmassa uz. 37—44 mm (q. Ingichka tolali gʻuza).

Abdumavlon Abdullayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x