MID

MID (Meade) Jeyms Eduard (1907.23.6, Suonije, Dorset grafligi, Buyuk Britaniya — 1995.22.12) — ingliz iqtisodchisi. 1937-y. da Millatlar Ligasi kotibiyatida «Jahon iqtisodiy sharhi» nashri muharriri. 1940-y. da Angliyaga qaytib kelib, J. M. Keyns guruhida Xalqaro valyuta fondini tashkil etish orqali xalqaro moliyaviy va savdo tizimini qayta qurish muammolari bilan shugʻullandi. Buyuk Britaniya Vazirlar Mahkamasi Kotibiyatining iqtisodiy boʻlimi direktori (1940—45), London iqtisodiy maktabi prof. (1947—57), Kembrijunti siyosiy iqtisod prof. (1957—1969).

Asosiy asarlari: «Iqtisodiy siyosat nazariyasi I. Toʻlov balansi» (1951), «Xalqaro savdo geometriyasi» (1952), «Iqtisodiy siyosat nazariyasi P. Savdo va farovonlik» (1955), «Bojxona ittifoqlari nazariyasi» (1955), «Iqtisodiy oʻsishning neoklassik nazariyasi» (1961), shuningdek, siyosiy iqtisod tamoyillari tadqiq etilgan «Oʻsayotgan iqtisodiyot» (1968), «Boshqariladigan iqtisodiyot» (1970), «Barqaror iqgisodiyot» (1971), «Adolatli iqtisodiyot» (1975), «Talabni boshqarish» (1983) va b.

Mid xalqaro savdo nazariyasini yaratdi, ichki iqtisodiyot va tashqi savdo operatsiyalari oʻrtasidagi muvozanat shartlarini, iqtisodiy siyosatning samarali vositalarini tahlil etdi. Xalqaro savdoning raqobatbardosh ichki bozorlarga ega boʻlmagan mamlakatlar aholisining turmush darajasiga taʼsirini asoslab berdi, ichki iqtisodiy siyosat va daromadlarning taqsimlanishi, kapital jamgʻarish muammolarini tadqiq qildi. Nobel mukofoti laureati (1977, B. Olin bilan birgalikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x