MEZOZOY BURMALANISHI DAVRLARI

MEZOZOY BURMALANISHI DAVRLARI — mezozoy erasi davrida namoyon boʻlgan tektonikmagmatik faollik, togʻ hosil boʻlish va granit intruzivli magmatizm davrlari. Mezozoyda dastlabki va yirik burmalanish trias oxiri va yura boshida sodir boʻlgan va Yevrosiyoning gʻarbida erta kimmeriy va sharqida hindchin (indosin) nomlari bilan maʼlum. Erta kimmeriy-hindchin deformatsiyalari katta maydonni (Hindixitoy, Eron togʻligining shim.-sharqi, Mangʻishloq va Taymir ya. o. lari, shim. Dobruja va Shim. Amerika Kordilyera togʻlarining ayrim qismlari) qamrab olgan. Erta kimmeriydan keyin boshlangan kechki kimmeriy tektonik davri and, nevada, kolima, arauka vab. nomlar bilan maʼlum. U yuraning oxiri — boʻr boshlarida boʻlib oʻtgan va areali Tinch okean burmali halqasidan iborat. Mezozoy burmalanishining uchinchi yirik davri boʻrning oʻrtalariga va, ayniqsa, oxiriga toʻgʻri keladi. Uning namoyon boʻlishi butun Alp-Himolay mintaqasi boʻylab maʼlum. Mezozoy granit hosil boʻlishi jarayoni Tinch okean halqasidan tashqari r-nlarni, jumladan, Sharqiy Osiyoda ayrim hududlarni (Aldan qalqoni, Baykalorti, Mongoliya va Xitoyning sharqi) ham qamrab olgan. Mezozoy tektogenezi rangli metallar (mis, molibden, qalay, volfram va b.), shuningdek, oltin konlarining hosil boʻlishi bilan birga kechgan. Baʼzi tadqiqotlar Mezozoy burmalanishi davrlarini Alp burmalanishi davri bilan qoʻshib, bitta Alp tektogenezi sikli shaklida qaraydilar.

Ad.: Tektonika Yevrazii, Mezozoy burmalanishi davrlari, 1966.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x