MELLONLAR

MELLONLAR (Mellon) — AQSH dagi eng keksa moliya guruhlaridan biri. 19-a. da shakllangan. Oilaviy xarakterga ega. Bank boshqaruvchisi Endryu Mellon (1855—1937) asos solgan (1921 — 1932-y. larda AQSH moliya vaziri boʻlib ishlagan). AQSH dagi boy Pitkern va Xeys oilalari bilan birgalikda va mamlakatdagi eng yirik «Fyorst Boston korporeyshen» investitsiya banki bilan «Alyuminum kompani of Amerika» (AL KO A) kompaniyasini nazorat kidali. 20-a. ning 60-y. larida nazoratidagi aktivi 60 mlrd. dollardan ortiq boʻlgan. Mellonlarning umumiy boyligi 1,6 — 2,8 mlrd. dollar atrofida baholangan. Mellonlar nazoratida AL KO A dan tashqari (AQSH dagi 35% alyuminiy), jahonda neft sotish boʻyicha yetakchi oʻrinni egallaydigan «Galf oyl korporeyshen», «Vestin gauz elektrik» kabi yirik harbiysanoat konsernlari (elektronika, yadro quroli va atom suv osti kemasi) hamda qator poʻlat erituvchi va mashinasozlik-qurilish firmalari, suturta kompaniyalari bor. M. guruhi aksiyalarga hamkorlikda egalik qilish orqali Rokfellerlar, Klivlend moliyaviy guruhi va Kaliforniya moliya guruhlari bilan chambarchas bogʻliq.

Abduxalil Razzoqov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x