MAXDUMI AʼZAM

MAXDUMI AʼZAM (asl ismi Sayyid Ahmad Xojagi ibn Sayyid Jaloliddin Kosoniy Dahbediy; 1463/64, Koson sh. — 1542) — movarounnahrlik alloma, yirik diniy arbob, na-qshbandiylik rahnamosi. Ilk taʼlimni Koson sh. da olgan. Madrasani bitirgach, Shayx Mir Sayyid Aliga shogird tushadi, soʻng Toshkentga kelib, Xoja Axrorning shogirdi Muhammad Qozi (1516-y. v. e.)ga xalifa boʻladi. Ustozi bilan Hirotga safar qiladi, Ab-durahmon Jomiy bilan uchrashadi. 1503-y. Buxoroga koʻchib keladi. Bir oz vaqt oʻtgach, Axsikatga borib naqshbandiylik tariqatini targʻib eta boshlaydi. Muhammad Qozi vafotidan soʻng tariqat shayxlari Maxdumi Aʼzamni oʻz peshvolari sifatida eʼtirof etishdi va uning shuhrati Movarounnahr hamda uning atrofidagi mamlakatlarga yoyildi. Bo-bur Maxdumi Aʼzamga bagʻishlab ruboiylar yezdi. Maxdumi Aʼzam ham shoir haqidagi «Boburiya» risolasini yozib, Hindistonga joʻnatgan. Shayboniy sultonlari va hokimlari Maxdumi Aʼzamni oʻzlarining piri deb bilganlar.

Maxdumi Aʼzam tasavvuf nazariyasi va amaliyoti, xususan, naqshbandiylik taʼlimotini rivojlantirdi. Uning «Asror unnikoh» («Nikoh sirlari»), «Ganjnoma» («Boylik haqida risola»), «Risolat unsamʼiyyatun» («Samoʼ risolasi»), «Bayoni zikr» («Zikr bayoni»), «Risola-i silsila-i Xoʻjagon» («Xoʻjagon silsilasiga oid risola»), «Meʼroj-uloshiqiyn» («Oshiqlar meʼroji»), «Murshidu-ssolikiyn» («Soliklar murshidi»), «Risola-i Naqshbandiyya», «Risolat un-vujudiyyatun» («Vujudlar haqida risola») kabi 30 dan ortiq risolasi bor. Bu asarlarida ulamolar, sufiy shayxlar va davlat arboblari orasidagi munosabatlarga toʻxtalgan. Tariqat odobu qoidalarida murid va shayx munosabatlari oʻzaro hurmat-izzat asosida qurilmogʻi lozimligini uqtirgan. Maxdumi Aʼzam fikricha, tariqat aʼzolari xalqqa yaqin boʻlib, uning dardlari va ehtiyojlariga qaygʻudosh boʻlsa, bu ham tariqatga, ham xalqqa foydalidir. Maxdumi Aʼzam asarlari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondida saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x