MACHAY GʻORI

MACHAY GʻORISurxondaryo viloyatining Boysun tumanida joylashgan ibtidoiy odamlar manzilgohi (mil. av. 12—6ming yillik). Koʻhitang togʻi yaqinida, Machaydaryoning oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Oʻ. Islomov tomonidan oʻrganilgan (1970—71). Machay gʻorining bal. 3,5—4 m, uz. 8 m, kengligi 10 m ga yetadi. Ikki madaniy qatlamdan iborat: ustki qatlam mezolit davriga, tepa qatlam — soʻnggi mezolit va ilk neolit davriga oid.

Machay gʻoridan mehnat qurollari, yovvoyi hayvonlarning suyaklari, oziq-ovqat qoldiklari chiqqan; ushbu madaniy qatlamning qalinligi 40 sm ga yetadi, bu esa shu gʻorda uzoq vaqt davomida ibtidoiy odamlar yashaganidan dalolat beradi. Mehnat qurollari tayyorlashda yovvoyi hayvonlarning suyaklaridan foydalanilgan. Qurollarni (teshkichlar, kamon oʻqlari) tayyorlash jarayoni birmuncha tezlashadi. Bundan tashqari, toshdan tayyorlanishi juda qi-yin boʻlgan teshikli igna, ponasimon va tishli asboblar va b. qurollar kabi tamomila yangi qurol shakllaridan foydalaniladigan boʻlgan. Tosh qurollar, paykonlar, botiq tigʻli qurollar, keskichlar va b. qurol turlarining soni ortgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x