MASTAK

MASTAK (Lolium L.) — gʻalladoshlar oilasiga mansub bir yillik, ikki yillik yoki koʻp yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda koʻp yillik Mastak (L. regeppe), koʻpgulli Mastak (L. multifl orum), zaharli Mastak (L. temulentum) kabi Z turi uchraydi. Zaharli Mastakning poyasi bir nechta, bugʻdoyning poyasiga oʻxshash boʻgʻimlangan, ichi kovak, boʻyi 40—80 sm. Bargi ensiz, qalami, eni 1—4 mm, usti gʻadir-budir, orqasi silliq. Har bir poyaning uchida bittadan, uz. 10 — 20 sm boshogʻi bor. Boshoqchalari qiltanokdi, boshoq oʻqiga yopishib turadi. May—iyun oylarida gullab urugʻlaydi. Bugʻdoy, arpa va 1 zigʻir orasida oʻsib, ular bilan barobar pishadi. Bahorikor yerlar, bogʻ va maysazorlarda oʻsadi. Urugʻida markaziy nerv sistemasiga kuchli taʼsir qiladigan zaharli alkaloidlar (0,25 — 0,48%) bor. Mollar yesa halok boʻladi, choʻchqaga esa taʼsir qilmaydi, aksincha, uni semirtiradi. Mastak urugʻi aralashgan dondan tayyorlanadigan non yeki ovqatni yegan odam ham zaharlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x