MASʼUD YALAVOCH

MASʼUD YALAVOCH, Masʼudbek (? — 1289) — Turkiston va Movarounnaxrni moʻgʻullar nomidan idora etgan amaldor (1239—89). Mahmud Yalavochnit oʻgʻli. Mahmud Torobiy qoʻzgʻolonidyan soʻng qoʻzgʻolonchilarga nisbatan yetarli darajada qattiqqoʻl siyosat yurgizmagan otasi Xitoyga joʻnatilgach, uning oʻrniga Oʻqtoyxon tomonidan tayinlangan Masʼud Yalavoch yarim asr mobaynida har qanday siyosiy toʻntarishlarga qaramay, Uygʻuristondan Xorazmga qadar boʻlgan Oʻrta Osiyo hududida yashagan oʻtroq aholi ishlarini idora qilgan. Munke davrida Uygʻuristonni ham boshqargan. Ju-vapniy Masʼud Yalavoch davrida Buxoroda bunyod etilgan binolarni ayniqsa madh etadi. Xususan, malika Suyurkoʻktani beka (Tulixon bevasi) mablagʻi hisobiga qurdirgan «Xoniya madrasasi», «Masʼudiya madrasasi» kabilarni koʻrsatib oʻtadi. Bu ikki bino Registonga yaqin yerda qad koʻtargan boʻlsa kerak, chunki Juvayniyning soʻzlariga koʻra, ular Buxoro maydonining koʻrki boʻlishgan. Madrasalarning har birida 1000 tagacha talaba oʻqigan. Malika garchi xristian dinida boʻlsa ham, madrasaga 1000 bolish pul ehson qilgan. «Xoniya madrasasi»ning mudarrisi va mutavalliysi mashhur sufiy Sayfiddin Boharziy edi. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, Koshgʻardagi madrasani ham Masʼud Yalavoch qurdirgan. 1251-y. M. Ya. Argʻun b-n Beshbaliqda uchrashgan. 1255-y. kuzida Hulokuni Samarqand atrofidagi Konigshsxa 40 kun ziyofat qilgan. Keyinchalik Temuriylar davrida shuxrat qozongan ushbu mavze nomining tarixiy manbalarda ilk bor uchrashi shu davrga toʻgʻri keladi. Chigʻapgoy ulusita hukmronlik qilish uchun moʻgʻul shahzodalari oʻrtasidagi oʻzaro kurashlarda taxt daʼvogarlari Masʼud Yalavochga suyanishga harakat qilishgan. Mac, 1260-y. larda Chigʻatoyning nabirasi Algu Masʼud Yalavoch toʻplagan mablagʻ xisobiga Oʻtrorni Berkaxondyaa tortib olgan. Masʼud Yalavoch ham otasi boshlagan siyosatni davom ettirib, ulus daromadini xoqon xazinasiga avvaldan toʻlab, aholidan barot asosida uni koʻpaytirib yigʻib olardi. 1273-y. yanv. da Hulokuiylar Buxoroni bosib, aholisini qirgʻ-in qiladilar va shaharni 7 kun talontoroj etib, soʻng oʻt qoʻyadilar. Bosqin paytida shahardagi Masʼudiya madrasasi va katta kutubxona ham yonib ketadi. Faqat 1283-y. da M. Ya. Buxoroni (jumladan, Masʼudiya madrasasini) tiklash tadbirlarini koʻrgan. 80-y. larda Masʼud Yalavoch pul islohoti oʻtkazgan. U Movarounnah-rning 16 shahar va viloyatlarida, jumladan, Samarqand, Buxoro, Taroz, Oʻtror, Xoʻjand va b. shaharlarida bir xil vazn va yuqori qiymatli sof kumush tangalar zarb ettirib muomalaga chiqargach, mamlakatda tovar va pul munosabatlari tiklana boshlagan. Masʼud Yalavoch oʻzi asos solgan Masʼudiya madrasasiga dafn qilingan.

Ad.: Bartold V. V., Sochineniya, t.1, t.2(1), M., 1963.

Faxriddin Hasanov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x