MARAZTEPA

MARAZTEPA, Manzaratepa — oʻrta asr shahar xarobasi (mil. 8—13-a. boshi). Qizilsuv daryosi (Tojikiston)ning soʻl qirgʻogʻida joylashgan. Xuttalon viloyatining markazi Xulbuk sh. M. oʻrnida boʻlgan degan fikrlar mavjud. Maraztepaning umumiy mayd. 120 ga boʻlib, oʻzaro keng koʻchalar bilan ajratilgan 3 qismdan tashkil topgan. Ark (50×50 m) shaxar xarobasining jan.-gʻarbiy qismida joylashgan. Shahar mahallalari, maydonlari, kanallar va ayrim yirik binolarning izlari saqlangan. Arablar kelishidan avval Maraztepada budda ibodatxonasi boʻlgan. Xitoy manbalarida Kolo-kyan nomli shahar qayd etilgan; u 7-a. da Xuttalonga tegishli rustoklardan birining maʼmuriy markazi boʻlgan. Ushbu shahar Maraztepa oʻrnida boʻlgan deb taxmin etilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x