KROʻZENSHTERN Ivan Fyodorovich

KROʻZENSHTERN Ivan Fyodorovich (1770.8.11, Xagudi, Estoniya — 1846.12.8, Tallin) — rus dengizchisi, admiral (1842), Peterburg FAning faxriy aʼzosi (1806). 1802-y. dunyo aylana birinchi rus ekspeditsiyasiga (1803—06) boshliq qilib tayinlangan. Ekspeditsiya tarkibidagi «Nadejda» (komandiri Kroʻzenshtern) va «Neva» (komandiri Yu. Lisyanskip) kemalari 1803-y. 7 av-g. da Kronshtadtdan chiqib, 1804-y. martda Gorn burnini aylanib oʻtgach, Ganayi o. larigacha birgalikda soʻzdilar. Bu yerdan «Neva» Novoarxangelsk tomon, «Vadejda» esa Kamchatkaga, soʻng Yaponiyaga ketdi. 1806-y. ekspeditsiya Hind va Atlantika okeanlari orqali Kronshtadtga qaytib keldi. Sayoxat davrida birinchi marta keng miqyosda okeanografiya va meteorologiyaga oid tadqiqot ishlari oʻtkazildi. K. Kuril o. larining bir qismi, Saxalin va Kamchatka sohillari, Yaponiyaning ayrim orollari tabiatini oʻrgandi. Kroʻzenshtern sayohat tafeilotlarini, okeanologiya va etnografiya sohasidagi tadqiqot vatijalarini 3 jildli «Nadejda» va «Neva» kemalarida 1803, 1804, 1805 va 1806-yillardagi dunyo boʻylab sayohat» (1909 — 12, 2-nashri, 1950) asarida bayon qilgan. Kroʻzenshtern 1823—26 y. larda 2 jildli «Janubiy dengiz atlasi» asarini nashrdan chiqardi. Kroʻzenshtern nomigaTinch okeandagi bir necha geografik obyektlar (boʻgʻoz, orol, togʻ va b.) qoʻyilgan.

Ad.: Nevskiy V. V., Pervoye puteshestviye rossiyan vokrug sveta, M., 1951.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x