KREMENCHUG

KREMENCHUG — Ukrainaning Poltana viloyatidagi shahar. Dnepr daryosidagi port. T. y. tuguni. Aholisi 243 ming kishi (1997). Kremenchugda mashinasozlik va metallsozlik, kon sanoatlari, («AvtoKrAZ» i. ch. birlashmasi, vagonsozlik, yoʻl mashivalari z-dlari, kon boyitish k-ti), neftni qayta ishlash, metall quyish va shtampovkalash, qurum, temirbeton shpallari, silikat va b. z-dlar bor. Oziq-ovqat (goʻsht, non k-tlari, kandolatchilik f-kasi, likyor-araq, sut z-dlari), yengil sanoat (koʻn k-ti, badiiy buyumlar, trikotaj, poyabzal, tikuvchilik f-kalari, mebel, uysozlik k-tlari) mavjud. Tarix-oʻlkashunoslik, A. S. Makarenko muzeylari ishlab turibdi. Kremenchug 1571-y. vujudga kelgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x