KENGKOʻL QABRISTONI

KENGKOʻL QABRISTONI — mil. 2 – 4-a. larga oid 100 ga yaqin mozorqoʻrgʻonlar guruhi. Qirgʻizistondagi Talas daryosining yuqori oqimida, Kengkoʻl daryosining Talas daryosiga quyilish joyida. 1938-y. A. N. Bernshtam topgan va uni gunnlarga mansub deb hisoblagan. 1938— 39 va 1956—57 y. larda u yerda qazish ishlari olib borilib, quyidagilar aniqlandi: mayyitlar, asosan, yer osti yoʻlaklari orqali kiriladigan gumbazsimon hujra (kamera)larga va qisman yerga yakka-yakka va guruh-guruh qilib dafn etilgan, ularning baʼzilari yogʻoch tobutlarda va baʼzilari taxta toʻshaklarda yotibdi; jasadlarning irqiy tipi metislashgan (mongoloid irqqa xos belgilarga ega yevropeoidlar); bosh suyaklari shakli sunʼiy oʻzgartirilgan. Kengkoʻl qabristonidan topilgan ashyolar: turli sopol idishlar, yogʻoch kosalar, poynaklari temir va suyakdan qilingan kamon oʻklari, suyak qoplamali kamonlar, jez oynaklar, yogʻoch xontaxta va beshiklar, ipak kiyimlar, turli zebziynatlar, sopol chilimlar va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x