KANSI

KANSI (haqiqiy ismi Syuan Ye., (1654.4.5-1722.20.12, Pekin) – Xitoydagi manjurlarning Sin sulolasi imperatori (1662-y. dan). Kansi xukmronligi vaqtida manjurlar tomonidan Xitoyni istilo qilish tugallangan. Qoʻshni xalklar va davlatlarga nisbatan bosqinchilik siyosati olib borgan. 1691-y. da Xalxani bosib olgan, Oyrat xonligi bilan urush olib borgan. Kansi davrida Tibetda manjurlar sulolasining hukmronligi mustahkamlangan, Amur daryosi boʻyidagi rus qishloklariga hujumlar uyushtirib turgan, Rossiya bilan Nerchinsk shartnomasi tuzilgan (1689). Uning buyrugʻiga binoan, Xitoyda eng toʻliq «Kansi szidyan» iyeroglif lugʻati tuzish boshlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x