FAGOTSITOZ

FAGOTSITOZ (yun. phagos — yeyish, oziklanish va cytos — hujayra) — bir hujayrali organizmlar yoki koʻp hujayralilarning ayrim hujayralari tomonidan begona mikroskopik tirik organizmlar (bakteriyalar, hujayra parchalari), qattiqzarrachalarningfaol qamrab olinishi va yutilishi (Pinotsitoz bilan solishtiring). Zarrachalarni qamrab olib hazm qilish xususiyati tuban organizmlar oziklanishining asosini tashkil etadi. Bu xususiyat evolyutsiya davomida biriktiruvchi toʻqimaning muhofaza funksiyasini bajaradigan ixtisoslashgan hujayralar — fagotsitlarga oʻtgan. Fagotsitoz hodisasini dastlab I. I. Mechnikov aniklagan (1882). Ayrim hayvonlar ootsitlari, yoʻldosh hujayralari, tana boʻshligʻi devorini qoplab turadigan hujayralar va koʻz epiteliysi pigmenta ham faol Fagotsitoz qilish xususiyatiga ega. Fagotsitoz ketmaket keladigan bir necha jarayonlar: F. qilinayotgan obyektga yaqinlashuv, obyektning fagotsit hujayra sirtiga oʻrnashib olishi, yutilishi va hazm qilinishidan iborat. Fagotsitozda hujayra membranasi yot zarrachalarni oʻrab oladi va sitoplazma ichiga soʻrib olib, fagosomalar hosil qiladi. Lizosomadan fagosomaga gidrolitik fermentlar kelib quyiladi, yutilgan obyektni hazm qiladi. Hazm qilinmagan oziq qoldigʻi uzoq vaqt hujayra ichida qolishi mumkin. Fagotsitoz, asosan, yalligʻlanish jarayonlarida, jarohatning bitib ketishida nospetsifik immunitet sifatida muhim ahamiyatga ega. Baʼzan «Fagotsitoz» va «pinotsitoz» terminlari endotsitoz nomi bilan yagona tushunchaga birlashtiriladi (yana q. Lizosoma).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x