ETAN

ETAN, CH3— CH3 — rangsiz, hidsiz gaz. Mol. m. 30,7. Suyuklanish t-rasi — 183,23°, zichligi 572 kg/m3 (—100°da). Suvda oz, etanol va uglevodorodlarda yaxshi eriydi. Kimyoviy xossalariga koʻra, Etan toʻyingan uglevodorodlarning yaqqol vakili. Radikal mexanizm boʻyicha turli almashinish reaksiyalariga kirishadi. 550—650° da termik degidrogenlanganda etilenga aylanadi, 800°da atsetilen hosil qiladi. 300—450° da xlorlanganda etil xlorid, oksidlanganda SN3SNO va SN3SOON aralashmasi, gaz fazada nitrolanganda nitroetan va nitrometan aralashmasini beradi. Etan — tabiiy va yoʻlakay gazlar komponenti (hajmiga koʻra 10%) boʻlib, ulardan past trada rektifikatsiyalash yoʻli bilan ajratib olish mumkin. Neft xom ashyosini krekinglashda koʻp miqdorda Etan hosil boʻladi. Lab. sharoitida Etan metil yodid SN31 dan Vyurs reaksiyasini qoʻllab, SN3S001Cha dan Kolbe reaksiyasiga koʻra, etilbromid S,N5Vg dan Grinyar reaksiyasidan foydalanib, etilenni (Ryo katalizatorligida) yoki atsetilenni (№K. ye ishtirokida) gidrogenlab olinadi.

Etan — etilen va vinilxlorid olishda xom ashyo. E. ning havo bilan aralashmasi portlash xususiyatiga ega. Chaqnash t-rasi 152°, oʻz-oʻzidan alangalanish t-rasi 472°.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x