ESHAKQURTLAR

ESHAKQURTLAR — yengoyoqli qisqichbaqasimonlar turkumiga mansub umurtqasiz hayvonlar; kenja turkum. 1000 ga yaqin turi maʼlum. Hamma yerda tarqalgan, nam va iliq hamda quruq yerlarda yashaydi. Eshakqurtlar, ayniqsa, tropik va subtropik mamlakatlarda koʻp. Rossiya, Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Qrimda ham uchraydi. Tanasi 1—50 mm, boshida uzun antennalari va kalta antennullalari bor. Koʻkrak oyoqlari 7 juft va bir shoxli boʻlib, ular yordamida harakatlanadi. Qorin oyoqlari 5 juft, bir shoxli. Yuragi qorin qismida, ayrim jinsli, urugʻlanishi ichki (baʼzi turlarida germafroditizm kuzatiladi). Koʻp turlari yer ustidakemiruvchilar uyasi, chumoli va termitlar inida, gʻorlarda, baʼzilari esa, suvda yashaydi. Organik chirindilar bilan oziklanadi. Baʼzi madaniy oʻsimliklarga zarar, tuproq hosil boʻlishida ishtirok etib, foyda keltiradi.

Kurash choralari: insektitsidlar sepib yoʻqotiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x