DYUFASTON® / DUPHASTON®
Qayd etish raqami: B-250-95 №20999
Preparatning savdo nomi: Dyufaston®
Taʼsir etuvchi modda (XPN): didrogesteron
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Dyufaston tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
- faol modda: 10 mg didrogesteron;
- yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, gipromelloza, makkajoʻxori kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.
- qobigʻi: oq Opadri OY-1-7000 (gipromelloza, polietilenglikol 400, titan dioksidi (Ye171)).
Taʼrifi
Dumaloq, ikki tomoni qavariq, oq rangli, plyonka qobiq bilan qoplangan, chetlari kesilgan, bir tomonida riskali, riskaning ikkala tomonida “155” gravirovkasi boʻlgan tabletkalar.
Boʻlish chizigʻi faqat tabletkani boʻlishni yengillashtirish va yutishni yengillashtirish uchun moʻljallangan, biroq ikkita bir xil dozaga boʻlish uchun emas.
Farmakoterapevtik guruhi: Siydik tanosil tizimiga taʼsir etuvchi vositalar va jinsiy gormonlar. Progestagen.
ATX kodi: G03DV01
Farmakologik xususiyatlari
Didrogesteron ichga qabul qilinganda faol sintezlangan progesteronni analogi. Peroral qabul qilingan didrogesteron endometriyga selektiv taʼsir qilib va uning toʻliq sekretor transformatsiyasini chaqiradi, shu orqali estrogenlar tomonidan induksiya qilingan endometriyning giperplaziyasini va/yoki karserogenezini rivojlanish xavfini oshishidan saqlaydi.
Didrogesteron estrogen, androgen, anabolik va glyukokortikosteroid faollikka ega emas. Didrogesteron ovulyatsiya jarayonini susaytirmaydi. Bu tugʻruq yoshidagi ayollarda Dyufaston® qabul qilinganda ham urugʻlanish imkonini saqlanishini bildiradi.
Postmenopauza davridagi ayollarda bachadonda estrogenlar bilan oʻrinbosar davolash endometriy giperplaziyasini va endometriy karsinomasi rivojlanishi xavfini oshiradi. Progestagenni qoʻshish qoʻshimcha xavfning oldini oladi.
Dyufaston farmakokinetikasi
Soʻrilishi
Peroral qabul qilgandan keyin didrogesteron tez soʻriladi. Tmax 0,5 va 2,5 soatlar oraligʻida namoyon boʻladi. Didrogesteronni mutloq biokiraolishligi (7,8 mg vena ichi infuziyasi bilan solishtirganda 20 mg peroral doza) 28% ni tashkil qiladi.
Quyidagi jadval 10 mg didrogesteronni bir martalik dozasini qabul qilgandan keyin didrogesteronning (D) va 20α digidrodidrogesteronning (DHD) farmakokinetik koʻrsatkichlarini aks ettiradi:
Didrogesteron | DGD | |
Smax maksimal konsentratsiya (ng/ml) | 2,1 | 53,0 |
AUC “konsentratsiya-vaqt” egri chizigʻi ostidagi maydon (ng*s/ml) | 7,7 | 322,0 |
Taqsimlanishi
Didrogesteronni vena ichiga qoʻllanganida taqsimlanish hajmi barqaror konsentratsiyada taxminan 1400 ml ni tashkil qiladi. Didrogesteronning va digidrogesteronning (DHD) 90% dan ortigʻi plazma oqsillari bilan bogʻlanadi.
Metabolizmi
Peroral qabul qilingandan keyin didrogesteron tez metabolizmga uchraydi va DHD ga aylanadi. Doza qabul qilinganidan keyin taxminan 1,5 soatdan soʻng, asosiy faol metaboliti – DHD ning plazmadagi darajasi choʻqqi konsentratsiyasini koʻrsatdi. Plazmada DHD ni darajasi, didrogesteronga nisbatan ancha yuqori. DHD va didrogesteronning AUC va Smax ga nisbati muvofiq 40 va 25 ni tashkil qiladi. Didrogesteron va DHD oʻrtacha yakuniy yarim chiqarilish davri muvofiq ravishda 5 soatdan 7 soatgacha va 14 soatdan 17 soatgacha oʻzgarib turadi. Barcha metabolitlarning umumiy xarakteristikasi oxirgi modda 4,6-diyen-2-ona strukturasini tutilishi va 17α-gidroksillanishining yoʻqligidir. Bu didrogesteronning estrogen va androgen samarasini yoʻqligini tushuntiradi.
Chiqarilishi
Nishonlangan didrogesteron peroral qabul qilinganidan keyin, dozaning oʻrtacha 63% siydik bilan chiqariladi. Plazmadan umumiy klirens minutiga 6,4 litrni tashkil qiladi. 72 soat davomida chiqarilishi tugaydi, DHD siydikda asosan ikki glyukuron kislotasi koʻrinishida aniqlanadi.
Doza va vaqtga bogʻliqligi
Bir martalik va koʻp martalik dozaning farmakokinetikasi 2,5 dan 10 mg gacha peroral qabul qilish uchun dozalash diopazonida bir xil hisoblanadi. Bir martalik va koʻp martalik dozani kinetik solishtirishda didrogesteron va DHD ning farmakokinetikasi takroriy dozadan keyin oʻzgarmasligini koʻrsatdi. Davolashning uchinchi kunidan keyin muvozanat holatiga erishiladi.
Dyufaston qoʻllanilishi
- Hayz siklini boshqarish uchun;
- endometrioz;
- hayz koʻrish oldi sindromi;
- dismenoreya;
- lyutein yetishmovchiligi bilan bogʻliq bepushtlik;
- progesteron yetishmovchiligi oqibatidagi homila tashlash xavfi;
- progesteron yetishmovchiligi oqibatidagi odatiy bola tashlashda qoʻllanadi.
Intakt bachadon bilan boʻlgan ayollar uchun estrogenlar bilan davolashda siklik qoʻshimcha sifatida 10 mg Dyufaston® ishlatish mumkin:
- postmenopauza davrida endometriy giperplaziyasini rivojlanishini oldini olish uchun;
- disfunksional bachadondan qon ketishlarda;
- ikkilamchi amenoreyada.
Qoʻllash usuli va dozalari
Dozalash
Dyufaston ® preparati bilan davolashda quyidagi dozalash tartiblari tavsiya etiladi. Dozalar kasallikning ogʻirlik darajasi va davolashga patsiyentning shaxsiy javobiga mos ravishda tanlash kerak.
Siklni boshqarish
Siklning 11-nchi kunidan 25-nchi kunigacha kuniga 1 tabletkadan qabul qilib, siklni 28 kun davom etishiga erishish imkoniyati mavjud.
Endometrioz
Siklning 5-nchi kunidan 25-nchi kunigacha kuniga 1-3 tabletkadan yoki umumiy sikl
davomida uzluksiz tartibda buyuriladi. 10 mg karrali dozalarni bir necha marta qabul qilishni moʻljallab kun davomida teng taqsimlash kerak. Davolashni eng yuqori dozadan boshlash tavsiya etiladi.
Hayz koʻrish oldi sindromi
Dyufaston hayz koʻrish siklini ikkinchi yarmida keyingi siklni birinchi kunigacha 10 mg dan kuniga 2 marta buyuriladi. Davolash boshlangan kun va davolash kunlarni soni hayz koʻrishni siklini shaxsiy davomiyligiga bogʻliq.
Dismenoreya
Siklning 5-nchi kunidan 25-nchi kunigacha kuniga 1-2 tabletkadan buyuriladi. 10 mg li dozalarni bir necha marta qabul qilishni kun davomida teng taqsimlash kerak. Davolashni eng yuqori dozadan boshlash tavsiya etiladi.
Lyutein yetishmovchiligi bilan bogʻliq boʻlgan bepushtlik
Siklning 14-nchi kunidan 25-nchi kunigacha kuniga 1 tabletkadan buyuriladi.
Davolashni kamida ketma-ket 6 sikl davomida davom ettirish lozim. Davolashni odatiy bola tashlash uchun koʻrsatilgan dozalarda, homiladorlikning birinchi oyi davomida ham davom ettirish maqsadga muvofiqdir.
Bola tashlash xavfi
Boshlangʻich doza: birdaniga 4 ta tabletka, soʻngra 1 tabletkadan har 8 soatda buyuriladi. 10 mg karrali dozalarni bir necha marta qabul qilishni moʻljallab kun davomida teng taqsimlash kerak. Davolashni eng yuqori dozadan boshlash tavsiya etiladi.
Agar simptomlar saqlansa yoki davolash vaqtida takrorlansa, har 8 soatda 1 tabletkagacha oshirish lozim.
Simptomlar toʻxtaganidan keyin, samarali dozani bir hafta davomida tutib turish lozim; dozani asta-sekin pasaytirish mumkin boʻladi. Agar simptomlar takrorlansa, davolashni samarali dozani qoʻllash bilan darhol yangidan boshlash lozim.
Odatiy homila tashlash
Homiladorlikning 20-haftasigacha kuniga 1 tabletkadan buyuriladi; doza asta-sekin kamaytirilishi mumkin.
Davolashni urugʻlanishdan oldin boshlash afzalroqdir.
Agar bola tashlash xavfining simptomlari davolash vaqtida paydo boʻlsa, davolashni ushbu buzilishlar uchun muvofiq koʻrsatmalar boʻyicha davom ettirish lozim.
Bachadondan disfunksional qon ketishlari
5-7 kun davomida kuniga 2 tabletkadan qabul qilinganda qon ketish toʻxtaydi. Bir necha kun davomida qon yoʻqotish ancha kamayadi. Davolash tugaganidan keyin bir necha kundan soʻng bekor qilish oqibatida qon ketishi paydo boʻladi, bu haqida patsiyentni ogohlantirish kerak.
Keyinchalik qon ketishlarni paydo boʻlishini oldini olish uchun siklning 11-nchi kunidan 25-nchi kunigacha kuniga 1 tabletkadan buyuriladi. Zarurati boʻlganida Dyufaston® estrogen bilan majmuada siklni birinchi yarmida 2-3 sikl davomiyligida buyuriladi. Shundan soʻng patsiyentda sikl normallashganiga ishonch hosil qilish uchun davolashni toʻxtatish mumkin.
Ikkilamchi amenoreya
Endogen yoki ekzogen estrogenlar tomonidan tayyorlangan, endometriyning optimal sekretor transformatsiyasi uchun siklning 11-nchi kunidan 25–nchi kunigacha kuniga 1-2 tabletkadan buyuriladi.
Menopauza davrida endometriy giperplaziyasini rivojlanishini oldini olish
Har bir 28 kunlik sikl vaqtida estrogen bilan davolashda birinchi 14 kun estrogenni alohida, keyingi 14 kunida esa estrogen bilan davolashga qoʻshimcha 10 mg didrogesteronni 1-2 tabletkadan kuniga 1 marta qabul qilinadi.10 mg li 2 tabletkadan foydalanishda tabletkalar kun davomida teng taqsimlanishi lozim.
Didrogesteronni qabul qilishda odatda bekor qilish qon ketishi kelib chiqadi.
Ayollarga hayz koʻrishdan keyin estrogen/progesteron bilan majmuaviy davolash qoʻllanganida davolashni minimal samarali dozagacha cheklash va terapevtik maqsadlarga erishish uchun qisqa davr zarur boʻlib, bunda har bir konkret ayol uchun xavfni muntazam baholash kerak (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).
Didrogesteronni birinchi hayzgacha ishlatish haqida maʼlumotlar mavjud emas. Didrogesteronni 12 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar uchun xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Qoʻllash usuli
Peroral qoʻllash uchun buyuriladi.
Preparatni yuqoriroq dozalarda buyurilganida preparatni kun davomida teng taqsimlanadi.
Dyufastonning nojoʻya taʼsirlari
Estrogenni qoʻllanmasdan oʻtkazilgan klinik tadqiqotlarda didrogesteron bilan davolanayotgan patsiyentlarda juda koʻp roʻy bergan quyidagi noxush samaralar: metrorragiya, sut bezlarida ogʻriq/ ularni sezuvchanligini oshishi va migren/bosh ogʻrigʻi toʻgʻrisida xabar berilgan.
Estrogenni ishlatmasdan didrogestogenni qoʻllash bilan oʻtkazilgan (n=3483) klinik tadqiqotlarda quyida keltirilgan tez-tezlik bilan qayd etilgan boʻlib, ular haqida spontan xabarlar olingan:
MedDRA maʼlumotlari bazasiga muvofiq aʼzolar sinfi | Tez-tez≥1:100, <1:10 | Tez emas≥1:1,000, <1:100 | Kam hollarda≥1:10,000, <1:1,000 |
Xavfsiz, xavfli va aniqlanmagan oʻsmalar, (shu jumladan kistalar va poliplar) | Progesteronga bogʻliq oʻsmalarni oʻsishi (masalan meningoma)* | ||
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar | Gemolitik anemiya* | ||
Ruhiyat tomonidan buzilishlar | Depressiya | ||
Immun tizimi tomonidan buzilishlar | Yuqori sezuvchanlik | ||
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar | Migren/bosh ogʻrigʻi | Bosh aylanishi | Uyquchanlik |
Meʼda-ichak yoʻllari tizimi tomonidan buzilishlar | Koʻngil aynishi | Qusish | |
Jigar va oʻt chiqarish yoʻllari tomonidan buzilishlar | Jigar faoliyatini buzilishi (sariqlik, asteniya yoki holsizlik, va qorin sohasida ogʻriqlar bilan) | ||
Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan buzilishlar | Allergik dermatit (masalan toshma, qichishish, eshakemi) | Angionevrotik shish* | |
Jinsiy aʼzolar va sut bezi tomonidan buzilishlar | Hayz siklini buzi-lishlari (shu jumla-dan metrorragiya, menorragiya, oligo-/amenoreya, dismenoreya va nomuntazam hayz koʻrish)Ogʻriq/sut bezlari sezgirligini oshishi | Sut bezlarini shishi | |
Umumiy xarakterdagi buzilishlar va yuborish joyida reaksiyalar | Shish | ||
Laborator va instrumental maʼlumotlar | Tana vaznini oshishi |
* Spontan xabarlar sifatida olingan, lekin klinik tadqiqotlarni oʻtkazishda qayd etilmagan nohush samaralar, kutilgan tez-tezlikning 95% li ishonchli intervalining yuqori chegarasi 3/x yuqori emasligini nazarda tutib, “kam hollarda” deb tasniflanadi, x=3483 (bu klinik tadqiqotda ishtirok etgan patsiyentlarning umumiy soni).
Estrogen-progesteron bilan davolash vaqtida yuz berishi mumkin boʻlgan noxush samaralar (shuningdek “Maxsus koʻrsatmalar” va estrogen preparatlarining farmatsevtik preparatlar haqida maʼlumot qismiga qarang):
- sut bezi raki, endometriy giperplaziyasi, endometriy karsinomasi, tuxumdonlar raki;
- venoz tromboemboliya;
- miokard infarkti, yurak ishemik kasalligi, ishemik insult.
Dyufaston preparatini qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
- Didrogesteronga yoki preparatni xar qanday yordamchi komponentlariga maʼlum boʻlgan oʻta yuqori sezuvchanlik;
- jinsiy gormonlarga bogʻliq boʻlgan maʼlum yoki gumon qilinayotgan xavfli oʻsmalar (masalan, meningioma);
- noaniq etiologiyali vaginal qon ketishlarida qoʻllash mumkin emas;
- hozirgi vaqtda yoki anamnezdagi jigarning jiddiy kasalliklari bor boʻlib estrogenlarni didrogesteron kabi progestagenlar bilan majmuada qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlarni hisobga olish kerak (jigar faoliyatini laboratoriya koʻrsatkichlari normalashishiga qadar)
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
In vitro sharoitlarida oʻtqazilgan tadqiqotlarning maʼlumotlari, asosiy metabolizm yoʻli odamning sitozolida aldo-keto reduktaza 1S (AKR 1C) tomonidan katalizga uchraydigan farmakologik jihatdan asosiy metaboliti 20α – digidrodidrogesteron (DGD) ni xosil boʻlishiga olib kelishini koʻrsatadi. Navbatdagi metabolik oʻzgarishlar sitoxrom R450 (CYPs) izofermentlar tizimi deyarli faqat CYP3A4 izofermenti tomonidan amalga oshadi, turli axamiyatsiz metabolitlari hosil boʻlishiga olib keladi. Asosiy faol metabolit DGD CYP3A4 izofermenti tomonidan metabolik transformatsiya uchun substrat hisoblanadi.
Shunday qilib, tirishishga qarshi vositalar (masalan fenobarbital, fenitoin, karbamazepin, infeksiyaga qarshi preparatlar (masalan rifampitsin, rifabutin, nevirapin, efavirens) va dalachoy (hypericum perforatum) saqlovchi oʻsimlik preparatlari kabi ushbu izofermentlarni induksiya qilish qobiliyatiga ega boʻlgan, maʼlum moddalar bilan bir vaqtda qoʻllanganida didrogesteronning metabolizmi tezlashishi mumkin.
Ritonavir va nelfinavir – sitoxrom fermentining maʼlum boʻlgan kuchli ingibitorlari hisoblanadi, biroq, haqiqatdan steroid gormonlarni yondosh qoʻllanganda ferment induksiya qiluvchi taʼsirini namoyon qiladi.
Didrogesteron metabolizmining klinik oshishi davolash samarasini kamayishiga olib kelishi mumkin.
In vitro sharoitdagi tadqiqotlar, didrogesteron va digidrogesteron klinik ahamiyatli konsentratsiyalarda dori preparatlarini metabolizmida ishtirok etuvchi sitoxrom R450 fermentlarini susaytirmasligi va induksiya qilmasligini koʻrsatdi.
Maxsus koʻrsatmalar
Bachadondan disfunksional qon ketishi yuzasidan didrogesteron bilan davolashga oʻtishdan oldin, organik sababni inkor etish lozim.
Davolashning birinchi oylari davomida shiddatli qon ketishlari va qon surkalmalari paydo boʻlishi mumkin. Agar shiddatli qon ketishlari va qon surkalmalari davolash davri davomida yoki davolashni toʻxtatilgandan keyin ham davom etsa, xavfli oʻsmalarni istisno qilish maqsadida zarurati boʻlsa, endometriyni biopsiya qilish yoʻli bilan sababni aniqlash lozim.
Agar birinchi marta qoʻllash vaqtida quyidagi simptomlardan biri paydo boʻlsa yoki yomonlashsa, davolashni toʻxtatish mumkinligini koʻrib chiqish lozim:
- haddan tashqari kuchli bosh ogʻrigʻi, migren yoki bosh miyaning ishemiyasidan dalolat beruvchi simtomlar;
- arterial bosimni ahamiyatli oshishi;
- venoz tromboemboliyani koʻrinishlari.
Odatiy bola tashlash yoki bola tashlash xavfi boʻlgan hollarda, homilaning hayotiy qobiliyatini aniqlash, shuningdek davolash davomida homiladorlik davom etayotganini va embrion tirikligini nazorat qilib turish zarur.
Kuzatuvni talab qiluvchi holatlar
Maʼlumki, jinsiy gormonlar quyidagi kam uchraydigan, homiladorlik vaqtida yoki jinsiy gormonlar qoʻllanganida paydo boʻlishi va yomonlashishi mumkin boʻlgan: xolestatik sariqlik, homiladorlar gerpesi, kuchli qichishish, otoskleroz va porfiriya. holatlariga taʼsir qiladi.
Anamnezida depressiyasi boʻlgan patsiyentlar qatʼiy nazorat ostida boʻlishlari lozim; agar ogʻir depressiya qaytadan yuz bersa, gidrogesteron bilan davolashni toʻxtatish zarur.
Boshqa holatlar
Galaktozani oʻzlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza–galaktozani soʻrilishini buzilishi kabi – kam uchraydigan nasliy holatlari boʻlgan patsiyentlar, ushbu dori vositasini qabul qilishlari mumkin emas.
“Menopauza davrida endometriy giperplaziyasini rivojlanishini oldini olish” koʻrsatmasi boʻyicha Dyufaston® preparatini ishlatishga taalluqli ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari.
Estrogen uchun tibbiyotda qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomada ogohlantirishga ham qarang.
Postmenopauzal simptomlarini davolash uchun oʻrinbosar gormonal davolashni (OʻGD), faqat ushbu simptomlar hayot sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatgan holatdagina qoʻllash mumkin. Barcha hollarda oʻrinbosar gormonal terapiyaning foyda va xavfini bir yilda kamida bir marta sinchiklab baholash lozim. Oʻrinbosar gormonal davolashni, faqat foyda xavfdan yuqori boʻlgan holatdagina davom ettirish mumkin.
Tibbiy koʻriklar/keyingi kuzatuv
Oʻrinbosar gormonal davolashga (OʻGD) kirishishdan yoki tanaffusdan keyin uni qaytadan boshlashdan oldin, toʻliq tibbiy anamnez (shu jumladan oilaviy) ni yigʻish lozim. Anamnez, qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar va ogohlantirishlarni hisobga olgan holda, obyektiv tekshiruvlar (jumladan ginekologik koʻrik va sut bezlarini koʻruvi) oʻtkazilgan boʻlishi lozim. Davolash vaqtida chastotasi va xarakteri jihatidan patsiyentning shaxsiy xususiyatlariga bogʻliq boʻlgan muntazam koʻriklarni oʻtkazib turilishi tavsiya etiladi. Sut bezlaridagi qanday oʻzgarishlari borligi toʻgʻrisida oʻzlarining shifokorlariga xabar berishlari lozimligi haqida ayollarni xabardor qilish lozim (quyidagi “Sut bezi raki” paragrafiga qaralsin).
Mammografiya kabi vizualizatsiya usullarni oʻz ichiga olgan sut bezlarini koʻrigini, aynan shu ayolning holatini eʼtiborga olgan holda oʻtkaziladigan skriningni oʻtkazish uchun joriy tavsiyalarga muvofiq boʻlishi kerak.
Endometriy giperplaziyasi va karsinoma
Progesteronlarni qoʻshmasdan estrogenlarni uzoq muddat qoʻllash endometriy giperplaziyasini va bachadoni saqlab qolingan ayollarda endometriy karsinomasini rivojlanish xavfini oshiradi. Davolash davomiyligi va estrogenning dozasiga qarab ushbu, xavf estrogen qabul qilmayotgan ayollarga nisbatan, 2-12 marta yuqori boʻlishi mumkin. Estrogen bilan davolash tugaganidan keyin, xavf yana kamida 10 yil davomida saqlanib qoladi. Ushbu qoʻshimcha xavfni, 28 kunlik siklda oyiga kamida 12 kun davomida estrogen bilan davolashni didrogestagen kabi progestagenni qabul qilish bilan birga oʻtkazgan holda oldini olish mumkin.
Davolashning birinchi oylari davomida navbatdan tashqari qon ketishlari va qon surkalmalari yuz berishi mumkin. Agar shiddatli qon ketishlari va qon surkalmalari davolanish davri davomida saqlanib qolsa yoki davolash tugaganidan keyin ham davom etsa, xavfli oʻsmani istisno qilish maqsadida zarurati boʻlsa endometriyni biopsiyasi yoʻli bilan sababini aniqlash kerak.
Sut bezi raki
Barcha mavjud maʼlumotlar, OʻGD sifatida estrogen + progestagen kompleks davolash va ehtimol, OʻGD sifatida faqat estrogen qabul qilayotgan ayollarda sut bezi rakining yuqori xavfi haqida dalolat beradi. Ushbu xavf davolashning davomiyligiga bogʻliq.
Estrogen va progestagen bilan kompleks davolash:
Randomizatsiya qilingan platsebo – nazoratli tadqiqot (Womenʻs Health Initiative Study (WHI)) va epidemiologik tadqiqotlar, 3 yil va undan ortiq vaqt davomida qoʻllangandan keyin sut bezi rakining yuqori xavfi mavjud boʻlishini isbotladi. Davolash toʻxtatilgandan keyin ushbu qoʻshimcha xavf maksimum 5 yil davomida saqlanadi. Oʻrinbosar gormonal davolash ayniqsa estrogen-progestagen bilan kompleks davolash, mammografik tasvirning zichligini oshiradi, bu sut bezi rakini radiologik usullar orqali aniqlashga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Tuxumdonlar raki
Tuxumdonlar raki, sut bezi rakiga nisbatan kamroq uchraydi. Yirik metatahlil natijasida olingan maʼlumotlar estrogen bilan monoterapiya yoki estrogenni OʻGD sifatida progestagen bilan majmuada qoʻllayotgan ayollarda xavfni biroz oshishini koʻrsatdi, u 5 yil davomida qoʻllanilganida namoyon boʻladi va davolash toʻxtatilgandan keyin vaqt oʻtishi bilan kamayadi. Ayrim boshqa tadqiqotlar, shu jumladan WHI tadqiqoti majmuaviy OʻGD ni qoʻllash xuddi shunday yoki biroz pastroq xavf bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligini koʻrsatdi.
Venoz tromboemboliya
Oʻrinbosar gormonal davolash venoz tromboemboliyani (VTE), yaʼni chuqur venalari trombozi yoki oʻpka emboliyasini, kelib chiqish xavfini 1,3–3 marta oshishi bilan bogʻliqdir. Ushbu hodisaning oʻrinbosar davolashning keyingi yillarga nisbatan, birinchi yilida yuz berish ehtimoli koʻproqdir.
Aniqlangan trombofiliyasi boʻlgan patsiyentlar VTE paydo boʻlishini yuqori xavfi guruhida boʻladi, bunda OʻGD ushbu xavfni qoʻshimcha ravishda oshirishi mumkin. Shu sababli ushbu patsiyentlarga OʻGD ni buyurish mumkin emas.
VTE paydo boʻlishi umum qabul qilingan xavf omillari – estrogenlarni qoʻllanishi keksalik yoshi, yirik operativ aralashuvlari,uzoq muddatli immobilizatsiya, semizlik (BMI > 30 kg/mg), homiladorlik / tugʻruqdan keyingi davr, tizimli qizil yugurik (SLE) va rak. VTE ni roʻy berishida venalarning varikoz kengayishining mumkin boʻlgan roli toʻgʻrisida bir toʻxtamga kelinmagan.
Operatsiyadan keyin barcha patsiyentlar uchun xirurgik aralashuvlvrdan keyin VTE ni oldini olish uchun choralarini qoʻllashni koʻrib chiqish lozim. Agar rejali operativ aralashuvlardan keyin davomli immobilizatsiya rejalashtirilgan boʻlsa, operatsiyadan 4–6 hafta oldin OʻGD ni qoʻllashni toʻxtatish tavsiya etiladi. Davolashni ayollarning mobilligi toʻliq tiklangandan keyingina mumkin.
Shaxsiy anamnezida venoz tromboemboliyasi boʻlmagan ayollarga, biroq qarindoshlarining anamnezida yoshligida birinchi darajali trombozi boʻlganida, uning chegaralarini mulohaza qilgandan keyin, skriningni qoʻllashni tavsiya qilish mumkin (trombofilik anomaliyaning faqat ayrim miqdorigina skrining yordamida aniqlanishi mumkin). Agar oila aʼzolarida trombofilik siljish trombozga olib kelganligi aniqlangan boʻlsa yoki jiddiy anomaliyalarga (masalan antitrombin, S oqsili yoki S oqsili tanqisligi yoki buzilishlarning birga boʻlishiga) olib kelsa, OʻGD larni qoʻllash mumkin emas. Antikoagulyant terapiyani qabul qilayotgan ayollar uchun, OʻGD ni buyurish foyda va xavfini sinchkov baxolash lozim.
Agar VTE, davolash boshlangandan keyin rivojlansa, preparatni qabul qilishni toʻxtatish lozim. Tromboemboliya simptomlari (masalan, oyoqlarning ogʻriqli shishi, koʻkrakda toʻsatdan ogʻriq, nafas yetishmovchiligi) paydo boʻlganida darxol shifokorga murojaat qilish zarurligi haqida patsiyentlarni xabardor qilish kerak.
Yurak ishemik kasalligi (CHD)
Randolizatsiyalangan, nazoratli tadqiqotlarda estrogen–progesteron kompleks davolashni yoki faqat estrogen bilan oʻrinbosar gormonal davolashni qabul qilayotgan, yurak ishemik kasalligi boʻlgan yoki usiz ayollarda miokard infarktidan himoya qilinishi toʻgʻrisida dalillar aniqlanmagan.
Estrogen va progestagen bilan kompleks davolash:
OʻGD ni estrogen va progestagen bilan majmuada oʻtkazilganda yurak ishemik kasalligini yuz berishini nisbiy xavfi biroz oshadi. Yurak ishemik kasalligini roʻy berishining asosiy mutloq xavfi yoshga ahamiyatli darajada bogʻliqligi tufayli, ayollarda menopauza boshlanishidan oldin estrogen–progesteronni qoʻllash natijasida yurak ishemik kasalligini qoʻshimcha roʻy berish holatlari soni juda ham kam, lekin yosh oʻtishi bilan bu koʻrsatkich oshib boradi.
Ishemik insult
Majmuaviy oʻrinbosar gormonal davolashni yoki faqat estrogen bilan oʻrinbosar gormonal davolashni qoʻllash, ishemik insultni kelib chiqish xavfini 1,5 baravar oshishiga olib keladi. Nisbiy xavf yosh yoki menopauza boshlangunicha oʻtgan vaqtga qarab oʻzgarmaydi. Biroq, SVA ning asosiy xavfi ahamiyatli darajada yoshga bogʻliq boʻlganligi tufayli, mutloq xavf yosh oʻtgani sayin oshadi.
Homiladorlik va emizish davri
Homiladorlikda dyufaston
9 milliondan ortiq homilador ayollar didrogesteronni qabul qilingani taxmin qilinadi. Hozirgi kunga kelib, homiladorlik vaqtida didrogesteronning zararli taʼsiri xaqida maʼlumotlar yoʻq. Adabiyotda ayrim progesteronlarni qoʻllanishi gipospadiyalarni kelib chiqish xavfini oshishiga olib kelishi aniqlangan tadqiqot natijalari taʼriflanadi. Biroq, hozirgi vaqtgacha boshqa tadqiqotlarda aniq tasdiq olinmaganligi tufayli, progesteronlarni gipospadiyani yuz berishiga taʼsiri yuzasidan yakuniy xulosaga kelish mumkin emas.
Homiladorlikning birinchi bosqichida didrogesteron bilan davolangan cheklangan sondagi ayollar qatnashgan klinik tadqiqotlar xavfni oshishini koʻrsatmadi. Hozirgi paytda boshqa epidemiologik maʼlumotlar yoʻq.
Klinika oldi tadqiqotlarda embrio–fetal va postnatal rivojlanishga boʻlgan qayd etilgan samaralar, farmakologik yoʻnalishiga mos kelgan. Noxush samaralar faqat odam uchun maksimal ekspozitsiyadan ancha yuqori ekspozitsiya hollaridagina yuz bergan. Didrogesteronni homiladorlik vaqtida, agar buning uchun aniq koʻrsatmalar mavjud boʻlsagina qoʻllash mumkin.
Laktatsiya
Didrogesteron koʻkrak sutiga oʻtishi nomaʼlum. Didrogesteronni koʻkrak sutiga chiqarilishi toʻgʻrisidagi masala oʻrganilmagan. Boshqa progesteronlarni qoʻllash tajribasi, progesteronlar va ularning metobolitlari oz miqdorda koʻkrak sutiga oʻtishini koʻrsatadi. Bola uchun xavfning bor yoki yoʻqligi nomaʼlum. Shuning uchun emizish vaqtida didrogesteronni qoʻllash mumkin emas.
Fertillik
Didrogesteronni fertillikka taʼsiri haqidagi maʼlumotlar mavjud emas.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri
Didrogesteron avtomobilni boshqarish va turli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga biroz taʼsir koʻrsatadi.
Kam hollarda, asosan qabul qilgandan keyin birinchi soatlarda, yengil uyquchanlik va/yoki bosh aylanishini chaqirishi mumkin. Shunday qilib, transport vositasini boshqarishda va turli mexanizmlarni ishlatishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari
Didrogesteron – juda kam zaharli moddadir. Koʻngil aynishi, qusish, uyquchanlik va bosh aylanishi dozani oshirib yuborilganda nazariy jihatdan yuz berishi mumkin boʻlgan simptomlar hisoblanadi. Didrogesteronning dozasini oshirib yuborish hollari zararli taʼsirga olib kelishi xaqidagi maʼlumotlar mavjud emas.
Davolash
Maxsus davolash talab qilinmaydi. Doza oshirib yuborilgan hollarda simptomatik davolash mumkinligini koʻrib chiqish lozim.
Dyufaston chiqarilish shakli
20 tabletka alyumin folga va PVX plyonka blisterda. 1 blisterdan qoʻllash yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, original oʻramda, 30°C dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept boʻyicha.
Saytga joylashtirilgan, retsept orqali beriladigan preparatlar haqidagi maʼlumotlar faqatgina tibbiyot xodimlari uchun moʻljallangan. Saytda taqdim etilgan maʼlumotlar orqali bemorlarning dori preparatlari bilan oʻz-oʻzlarini davolashi mumkin emas va taqdim etilgan maʼlumotlar shifokor maslahati oʻrnini bosa olmaydi.
Dyufaston narxi qancha?
Toshkent shahri dorixonalarida chiqarilish shakliga qarab, 03.05.2019 holatiga koʻra Dyufaston preparati 75000 soʻmdan 120000 soʻmgacha sotilmoqda.