BADAXSHON

BADAXSHON — Amudaryoning yuqori oqimida, daryoning har-ikkala sohilida joylashgan togʻli oʻlka. B. Pomir togʻlarining bir qismi boʻlib, 2 oʻlkadan iborat: 1. Gʻarbiy Pomirni ishgʻol qilgan Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati (Tojikiston Respublikasi); 2. Shim.-sharqiy Afgʻonistonni ishgʻol qilgan katta oʻlka. Badaxshon qadimdan savdo markazi boʻlib, chetga laʼl, yoqut va zumrad chiqargan. Laʼlni badaxsh yoki balaxsh deb yuritganlar. Badaxshon … Читать далее

BAGRATIYLAR

BAGRATIYLAR (Bagratuni) — qad. arman aristokratlari nasabi. Shohlar sulolasi (886—1045). Eng mashhurlari: Ashot I, Smbat I, Ashot II Temir, Ashot IV Rahmdil, Gagik I. Gruziyadagi Bagrationlar bilan sulolaviy aloqasi bor. Пост Навигацияси

BABBITLAR

BABBITLAR — qalayi, qoʻrgʻoshin, pyx yoki alyuminiyga surma, mis, kadmiy, mishyak va b. metallar qoʻshib tayyorlanadigan qotishmalar. Qalayli qotishmani birinchi marta (1839) tayyorlagan amerika muhandisi I. Babbit (1799 — 1862) sharafiga shunday atalgan. Ishqalanish koeffitsiyenti kichik, yaʼni ishqalanganda uncha yoyilmaydi. Mashinalarning ishqalanuvchi detallari hamda elektr dvigatellar, turbinalar, kompressorlar, nasoslar, generatorlar va stanoklarning podshipniklarini tayyorlash uchun … Читать далее

BOʻGʻIMOYOQLILAR

BOʻGʻIMOYOQLILAR (Arthropoda) umurtqasiz hayvonlar tipi. Boʻgʻimoyoqlilarning ajdodi tuban tuzilgan dengiz halqali chuvalchanglari hisoblansada, ularning bitta yoki bir necha umumiy ajdodlardan kelib chiqqanligi toʻgʻrisidagi muammo hozirgacha uzilkesil hal etilmagan. Eng qad. boʻgʻimoyoklilardan trilobitasimonlar quyi kembriy qatlamlaridan boshlab uchraydi. Ordovik va silur davrida Boʻgʻimoyoqlilar quruqlikka chiqishgan. Boʻgʻimoyoqlilarning tanasi va oyoqlari boʻgʻimlarga boʻlingan (B. nomi ham ana shundan … Читать далее

BOʻSh VAQT

BOʻSh VAQT — kishining majburiy ijtimoiy mehnati va b. majburiy mashgʻulotlardan tashqari vaqtining bir qismi; oʻz xohishiga koʻra maʼnaviy va jismoniy rivojlanish, dam olish uchun sarflanadigan vaqt. Ijtimoiy hayotda kishilarning umumiy vaktini 2 qismga — ish vaqti va ishdan tashqari vaqtga boʻlish mumkin. Ishdan tashqari vaqt asosan uy ishlariga, oʻziga qarash, uxlash va ovqatlanish uchun … Читать далее

BOʻRITAROQ

BOʻRITAROQ, gʻoʻzarak (Hibicsus trionum L.) — gulxayridoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi tik oʻsadi, boʻyi 10—70 sm, sershox. Barglari uch boʻlakli, choʻziq, tubigacha patsimon boʻlakchalarga ajralgan. Gullari sariq, uzun gulbandlarda yakkayakka joylashgan. Asosida qirmizi rangli dogʻlari bor. Mevasi koʻsakcha. Issiq va namsevar oʻsimlik. Nihollari mart — mayda koʻkaradi. Iyun — avg. da gullaydi, iyuldan … Читать далее

BOʻNOQXON

BOʻNOQXON, Bonyak (? 1167-y. dan soʻng) — qipchoqlar (poloveslar) xoni. Kiyev Rusi va Vizantiyaga muttasil chopqunlar qilib turgan. Yilnomalarda dastlab 1096-y. Kiyevga hujum kilganligi munosabati bilan yodga olingan. 1097 va 1105-y. larda rus yerlariga yana qayta chopqun uyushtirgan. 1107-y. Vladimir Monomax, Svyatopolk, Oleg va b. rus knyazlari qoʻshinlari tomonidan magʻlub qilingan. Yilnomada soʻnggi bor 1167-y. … Читать далее

BOʻLATCHI

BOʻLATCHI (Bulaji, Bulayji) (14a.) — dugʻlatlarnint yirik amiri. B. haqidagi maʼlumotlar faqat Muhammad Haydar (Boʻlatchi uning katta bobosi) ning T«arixi Rashidiy» asarida uchraydi. Boʻlatchi 1347—48 y. larda Sharqiy Turkistondagi Oqsu degan joyda Moʻgʻuliston taxtiga Tugʻluk Temurin oʻtqazgan. Taxm. 1359-y. B. Qunduzda TugʻluqTemurxondan yorliq olgan. Ushbu yorliqqa binoan xon dugʻlat qabilasi amirlariga toʻqqizta imtiyoz bergan. Boʻlatchining … Читать далее