ASTROMETRIYA

ASTROMETRIYA (ostro… va yun. metreo — oʻlchayman) — astronomiya boʻlimlaridan biri. Osmon jismlari vaziyatlarini va oʻziga xos xususiy harakatlarini aniqlash, ular oraligidagi burchakni oʻlchash va Yer yuzidagi joylarning geografik koordinatalarini hamda azimutnk belgilash, vaqtni oʻlchash, osmon jismlari diametrlarini va ular sirtidagi detallarning oʻzaro uzoqligini aniqlash kabi masalalar b-n shugʻullanadi. Asosiy boʻlimlari: fundamental Astrometriya, fotografik va meridian A., sferik astronomiya, vaqt va geografik kenglik xizmati. Astrometriyaning hamma sohalarida olib boriladigan kuzatish ishlari astronomik asboblar yordamida bajariladi; shuning uchun astronomik asboblarga tegishli xatolarni oʻrganish va ularning qiymatini topish Astrometriya bilan bogʻliq muhim masalalardan biri hisoblanadi. Fundamental Astrometriyaning asosiy vazifasi — osmon yoritqichlarining koordinatlarini, muhim astronomik doimiylikni aniqlash, yulduz kataloglarini tuzish. Osmon yoritqichlarining koordinatlari odatda meridian doira yoki passaj hamda vertikal doira deb ataladigan maxsus kuzatish asboblari yordamida aniqlanadi. Bunday kuzatishlar har bir yoritqichning meridiandan oʻtish vaqtida olib boriladi. Yoritqichlarning koordinatlarini aniqlashda ikki xil yoʻl tutish mumkin:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x