ZOOFILIYA (zoo… va yun. philio — yoqtiraman) — oʻsimliklarning hayvonlar ishtirokida chetdan changlanish usuli. Evolyutsiya jarayonida zoofil oʻsimliklar va ularni changlantiruvchi hayvonlar oʻrtasida oʻzaro moslanish yuzaga kelgan. Bunday moslanmalar tufayli oʻsimlik gullarining muayyan tuzilishi, rangi, hidi va nektar ajratishi, hayvonlar tanasining muayyan shakli, guldan nektar va chang yigʻish uchun za-rur boʻlgan maxsus moslanmalar paydo boʻlgan. Zoofiliyada hasharotlar (entomofiliya), qushlar (ornitofiliya), mollyuskalar (malakofiliya), ayrim sut emizuvchilar, mas, koʻrshapalaklar (xironterofiliya), kemiruvchilar yoki b. hayvonlar ishtirok etishi mumkin.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые