Bugun, 2016 yil 5 iyun kuni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda turli masalalar, jumladan, yosh ijodkorlarning respublika “Zomin” seminariga tayyorgarlik koʻrish masalasi ham koʻrib chiqildi.
Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali oʻz soʻzida Zomin seminarida ishtirok etadigan yosh ijodkorlarning ijod namunalari qoʻlyozmalarini tayyorlashda Uyushmaning viloyat boʻlinmalari masʼul kotiblari masʼuliyati oshirish, munosib nomzodlarning badiiy jihatdan talabga javob beradigan asarlari matnlarini Yozuvchilar uyushmasining ijodiy kengashlari aʼzolariga janrlar boʻyicha oʻrganib chiqishga boʻlib berish, qisqa vaqtda ular boʻyicha taqrizlarni tayyorlab, uyushma rahbariyatiga kiritishni alohida taʼkidlab oʻtdi. Seminarni yuksak darajada oʻtkazish uchun tashkiliy masalalar bilan hozirdan boshlab shugʻullanish zarurligi, viloyatlarda yashab ijod qiladigan, katta ijodiy tajribaga ega boʻlgan keksa adiblarni ham Zomin seminariga yoshlarga maslahat beradigan ustoz sifatida taklif etish haqida gapirdi.
Yosh ijodkorlar seminari iyul oyida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
https://saviya.uz/hayot/jarayon/zominda-yosh-ijodkorlar-seminari-boladi/