ZOMIN TOF-OʻRMON DAVLAT QOʻRIQXONASI

ZOMIN TOF-OʻRMON DAVLAT QOʻRIQXONASIJizzax viloyatida joylashgan. Turkiston tizma toglari gʻarbiy qismining shim. yon bagʻrida, Koʻlsoy va Gʻoʻralassoy havzalarini ishgʻol etgan. Jan. Tojikiston bilan chegaradosh. Maydoni 15,5 ming ga, shundan 11,2 ming ga archa oʻrmonzorlari. Dastlab 1926-y. da Gʻoʻralas togʻ-archa qoʻriqxonasi nomi bilan tashkil etilgan. Qoʻriqxonada togʻ oʻrmonlarini va archa biol. sini oʻrganish, archazorlarni koʻpay-tirish, hayvon va oʻsimlik turlarini saqlab qolish ishlari olib boriladi. Relyefining murakkabligi va turli iqlimtuproq sharoitlariga koʻra, qoʻriqxonada 3 oʻsimlik mintaqasi (dasht, oʻrmon, subalp) mavjud. Qoʻriqxona hududi tipik togʻli oʻlka boʻlib, dengiz sathidan 1760—3500 m balandlikda (eng yuqori nuqta — Turalas togʻi 3560,5 m balandlikda). Yillik oʻrtacha v yogʻin miqdori 400 mm dan ortiq. Iqlimi keskin kontinental, maksimal harorat yozda 33°, qishda —35—38°. Qoʻriqxona hududida archazorlarning quyi qismida (1900— 2700 m) Zarafshon archasi va qora archa, oʻrta qismida (2100—2800 m) sovur archa, yuqori qismida (2100—3200 m) oʻrik archa usadi. Bulardan eng koʻp uchraydigani sovur archadir. U qora archa va oʻrik archa orasida ham oʻsaveradi. Qoʻriqxonada 180, hatto 400 yoshga kirgan archalar bor. Archadan tashqari Tyanshan chetani, Turkiston qayini; butalardan zirk, naʼmatak, uchqat, irgʻay, tobulgʻi oʻsadi. Qoʻriqxona hayvonot dunyosi xilma-xil. Qoʻriqxonada Respublika Qizil kitobiga kiritilgan turkiston silovsini, oq tirnoqli ayiq, arxar, bars shuningdek, boʻri, boʻrsiq, tulki, jayra, toʻngʻiz va b. yashaydi. Qoʻriqxona hududida oʻsimliklarning 720, turli qushlarning 130, sut emizuvchilarning 37 turi, sudralib yuruvchilardan 8, baliqning bir turi tavsiflangan.

Parrandalardan pushti shaq-shaq, toʻrgʻay, miqqiy, zagʻcha, zagʻizgʻon, kaklik, bedana, boltatumshuq, govkaptar, gʻurrak, turkiston ukkisi, boyqush va b. bor. Qoʻriqxonada uning hayvonot va oʻsimliklar dunyosini oʻrganish boʻyicha ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʻlgan tadqiqot ishlari olib boriladi.

Boris Dʼyakin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x