ZOMAN

ZOMAN — metilftorfosfonat kislotaning pinakolil efiri, nervni falajlaydigan zaharlovchi modda. Rang-siz, kamfora hidli suyuklik. Suyuqlanish t-rasi — 80°, qaynash t-rasi 190° (ajralish b-n); zichligi 1013 kg/ m3, 20°da uchuvchanligi 3 mg/l. Suvda oz (20°da 1,5%), spirt, keton, efir va alkilgalogenidlarda yaxshi eriydi. 3. organizmga (koʻproq teri orqali) kuchli taʼsir qiladi. Undan zaharlanish belgilari zya/shkdagiga oʻxshash. 3. suv taʼsirida sekin, ammiak va aminlarning suvdagi eritmalarida tez gidrolizga uchraydi. Shu sababli bu reaksiyalardan Zomanni degazatsiyalashda (zararsizlantirishda) foydalanish mumkin. Zomandan saklanish uchun protivogazlar, tanani himoya qiladigan vositalar va antidotlardan foydalaniladi. 3. ilk bor zaharlovchi modda sifatida 1944-y. Germaniyada sintez qilingan (yana q. Zaharlovchi moddalar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x