Zokirov Karim

Tarjimai hol

Zokirov Karim (1912—1977) qo‘shiqchi (bariton). O‘zSSR Xalq artisti (1939).

1934-1936 yillar Moskva Davlat konservatoriyasida (O‘zbek studiyasi, N. I. Speranskiy sinfi) shug‘ullangan. 1939 yildan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek opera va balet teatri yakkaxon xonandasi. Konsert xonandasi sifatida ham kuylagan.

U san’atni tushunuvchi va qadrlovchi mehnatkash va ziyoli oiladan kelib chiqqan. Uning otasi — Zokir oqsoqol — hurmatga sazovor kishilardan bo‘lgan. Har tomonlama mohir usta, tunukachi, duradgor, va hatto, tikuvchi ham bo‘lgan. Yosh yigitning ta’sirchanligi, ajoyib xotirasi, eshitish qobiliyati, ovozi — unga sahna tomon yo‘l ochib berdi.

Uning tashqi qiyofasida atrofdagilar hurmatini uyg‘otuvchi allaqanday hislati bo‘lgan. Og‘ir-vazmin, qadr-qimmatli, muvaffaqiyatga osongina erishtiruvchi iqtidorini sahnaga almashmaslik istagi samimiylik, iliqlik va to‘liq bag‘ishlov bilan uyg‘unlashgan.

Karim Zokirovga 1939 yil O‘zbekiston Xalq artisti unvoni berilgan. Sahna faoliyatini 1929 yildan dramatik aktyor sifatida boshlagan. O‘zbekiston opera san’ati kelib chiqishida bosh-qosh bo‘lgan. Butun umri davomida Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatrida faoliyat olib borgan va 30 dan ziyod partiyalarni ijro etgan. Tabiatan noyob, ulkan imkoniyatli baritoni tinglovchilarni o‘ziga rom etgan.

1939 yildan teatr yakkaxon xonandasi. “Farhod va Shirin” opearsida Farhod, “Layli va Majnun”da Majnun, “Dilorom”da Bahrom partiyalarini ijro etgan. Lekin eng taniqli roli — “Maysaraning ishlari”dagi Mulla do‘st timsoli bo‘lgan. Bu operani ko‘rgan tomoshabinlarning eslashicha, uni ko‘rish uchun odamlar uzoqlardan aravalarda kelishardi va hatto, spektaklni tomosha qilish uchun teatrning eshigi tagida tunab qolishar ham edi.

Karim Zokirov o‘zbek mumtoz qo‘shiqlarini ham maromiga yetkazib kuylar edi. U nafaqat xalq artisti unvoni ega, balki tomoshabinlarning e’tirofi va sevgisiga erishish orqali ushbu maqomga loyiq edi.

Farzandlari:

• O‘g‘li Botir Karimovich Zokirov (1936-1985), o‘zbek qo‘shiqchisi, rassom va adabiyotshunos, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti.

• O‘g‘li Farruh Karimovich Zokirov, qo‘shiqchi, “Yalla” o‘zbek ansamblining badiiy rahbari.

• O‘g‘li Ravshan Zokirov, musiqachi.

• Jamshid Zokirov, musiqachi.

• Naufal Karimov

• Qizi Luiza Zokirova, qo‘shiqchi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x