ZIRABULOQ JANGI — Buxoro amirining sarbozlari bilan amirlik hududiga bostirib kirgan podsho Rossiyasi qoʻshinlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan hal qiluvchi jang (1868-y., 2—3 iyun). General Kaufman qoʻmondonligidagi mustamlakachi qoʻshinlar Samarqandni egallagach (1868-y. 1—2 may), Buxoro tomon yurishni davom ettirgan. Buxoro amiri qoʻshinlari 6000 sarboz va 15 ming otliqdan iborat boʻlib, yomon qurollangan edi. Rus qoʻshinlari 3000 nafar boʻlib, ularning 14 toʻpi va 6 zambaragi ham bor edi. Amir Muzaffar (1860—85) Samarqanddan Zirabuloq qoʻrgʻoni tomon chekingan. 3. j. 2-iyun kuni tongda, rus piyoda askarlarining hujumi bilan boshlangan. Amir sarbozlari mardona jang qilib ularni chekinishga majbur etgan. 3-iyunda general Kaufman amir qoʻshinini toʻplardan oʻqqa tutib, yangidan hujumga oʻtgan, natijada Hoji va Usmon toʻqsabo rahbarligidagi amir sarbozlarini chekinishga majbur etgan. Vatan himoyachilaridan 1000 kishi jangda halok boʻlgan. 3. j. Buxoro amirligi taqdirini uzilkesil hal qilgan. 1868-y. 23-iyunda Samarqandda imzolangan RossiyaBuxoro sulh shartnomasiga koʻra, Buxoro amirligi Rossiyaga tobe boʻlib qolgan.
Ad.: Oʻzbekiston xalqlari tarixi, 2j., T., 1993.