Ziomitsinс рецептом

Azitromitsin qabul qilinganidan keyin nojo‘ya samaralar kam hollarda uchraydi.

Quyida klinik sinovlar va postmarketing kuzatuvlar davomida aniqlangan nojo‘ya reaktiyalar tizimlar va a’zolar hamda uchrash tez-tezligi sinflari bo‘yicha sanab o‘tilgan.

Postmarketing davrda aniqlangan nojo‘ya reaktiyalar kursiv bilan berilgan.

Uchrash tez-tezligi bo‘yicha guruhlar quyidagicha aniqlanadi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); noma’lum (mavjud ma’lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas). Har bir guruhda noxush samaralar jiddiyligi kamayib borgan holda taqdim etilgan. Klinik sinovlar va postmarketing nazorat asosida aniqlangan yuz berishi mumkin bo‘lgan yoki azitromitsin bilan ehtimol bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya reaktiyalar: Infektiyalar va invaziyalar Tez-tez emas: kandidoz, og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi, vaginal infektiyalar. Noma’lum: soxtamembranoz kolit («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang). Qon va limfatik tizimi Tez-tez emas: leykopeniya, neytropeniya. Noma’lum: trombotsitopeniya, gemolitik anemiya. Immun tizimini buzilishlari Tez-tez emas: Kvinke shishi, yuqori sezuvchanlik. Noma’lum: anafilaktik reaktiyalar («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang). Metabolizm va oziqlanishni buzilishi Tez-tez: anoreksiya. Ruhiy buzilishlar Tez-tez emas: asabiylik. Kam hollarda: ajitatsiya. Noma’lum: tajovuzkorlik, havotirlik. Nerv tizimini buzilishlari Tez-tez: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, paresteziyalar, disgevziya. Tez-tez emas: Hypoaesethesia, uyquchanlik, uyqusizlik. Noma’lum: hushdan ketishlar, konvulsiyalar, psixomotor giperfaollik, anosmiya, agevziya, parosmia, miasteniya («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang). Ko‘z kasalliklari Umumiy: ko‘rishning buzilishi. Eshitishni va labirint buzilishlari Tez-tez: karlik. Tez-tez emas: eshitishning buzilishi, quloqlarda shovqin. Kam hollarda: bosh aylanishi. Yurak kasalliklari Tez-tez emas: yurakning urib ketishi. Noma’lum: Torsades de pointes («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang), aritmiya («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang), shu jumladan yurak qorinchalari taxikardiyasi. Qon tomir kasalliklari Noma’lum: gipotoniya. Me’da-ichak buzilishlari Juda tez-tez: diareya, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, meteorizm. Tez-tez: qusish, dispepsiya. Tez-tez emas: gastrit, qabziyat. Noma’lum: pankreatit, tilni rangsizlanishi. Gepatobiliar tizim tomonidan kasalliklar Tez-tez emas: gepatit. Kam hollarda: jigarning anomal funktiyasi. Noma’lum: kam hollarda o‘limga olib keluvchi jigar yetishmovchiligi («Maxsus ogohlantirishlar va qo‘llanilishida ehtiyotkorlik choralari» bo‘limiga qarang), gepatit, jigarning shiddatli nekrozi, xolestatik sariqlik. Teri va teri osti to‘qimasining buzilishlari Tez-tez: qichishish va toshma. Tez-tez emas: Stivens-Djonson sindromi, yorug‘likka sezuvchanlik reaktiyalari, eshakemi. Noma’lum: toksik epidermal nekroliz, ko‘p shaklli eritema. Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qimalar kasalliklari Tez-tez: artralgiya. Buyrak kasalliklari va siydik yo‘llari kasalliklari Noma’lum: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, interstitsial nefrit. Umumiy buzilishlar va qo‘llash joyidagi holatlar Tez-tez: toliqish. Tez-tez emas: ko‘krakda og‘riq, shishlar, lohaslik, asteniya. Tekshiruvlar Tez-tez: limfotsitlar miqdorini kamayishi, eozinofillar miqdorini oshishi, qonda bikarbonatni pasayishi. Tez-tez emas: aspartat aminotransferazani oshishi, alanin aminotransferazani oshishi, qonda bilirubinni oshishi, qonda mochevinani oshishi, qonda kreatininni oshishi, qonda kaliyning anomal miqdori. Noma’lum: elektrokardiogrammada QT ni uzayishi («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x