ZINJANTROP

ZINJANTROP (Zinj Sharqiy Afrikaning qad. arabcha nomi va yun. anthropus — odam) — avstralopiteklarga mansub qad. qazilma odamsimon maymun. 3. bosh skeletini ilk bor arxeolog Luis Liki 1959-y. Oldovay darasi (Tanzaniya) dan topgan. Liki uning ensa qismi va kesmasi tuzilishiga koʻra dastlab Homo urugʻiga kiritgan va ekspeditsiya uchun mablagʻ ajratgan Boysi sharafiga Boysi zinjantrop deb atagan. Lekin Zinjantropning morfologik tuzilishi uning hatto tosh qurol ham yasashi mumkin emasligini koʻrsatdi, shuning uchun uni Boysi jan. odami (Zinjanthropus boisei) deb nomlagan. Zinjantropning bosh skeleti boʻylab pushtacha oʻtgan, kichik oziq tishlari yirik oziq tishlariga bir oz oʻxshash, kurak va qoziq tishlari nisbatan mayda boʻlgan. Dagʻal oʻsimlik bilan oziklangan. 3. bundan 2 mln. yil ilgari yashagan deb taxmin qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x