Zinin Sergey Ivanovich

Tarjimai hol

Sergey Ivanovich Zinin (5 dekabr 1935 — 3 aprel 2013) — sovet va Rossiya filologi, ToshDUning filologiya fakulteti kafedra mudiri, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining rus tili bo‘limi mudiri, O‘zbekiston Oliy Majlisi va O‘zbekiston Oliy Kengashi deputati. 1994 — 2002 yillar O‘zbekistonning (Toshkent) rus madaniyati markazi direktori. 1921 yil may oyida Sergey Yeseninning O‘rta Osiyo va Toshkentda bo‘lgan davrini to‘liq o‘rgangan muallif.

Sergey Ivanovich Zinin 1935 yil 5 dekabrda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tug‘ilgan. Ota-onasini vafotidan so‘ng, onasi tomonidan buvasi Berkov Aleksey Yefremovich tomonidan tarbiyalangan.

1957 yil Zinin harbiy xizmatdan so‘ng O‘rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetiga o‘qishga kiradi. Universitetni a’lo baholarga bitirgach, Toshkent davlat universitetining filologiya fakulteti rus tilshunosligi kafedrasiga dars berishga taklif etiladi. 1970 yil nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagach, dotsent unvonini oladi. Keyinchalik fakultetlararo rus tili kafedrasi va rus tili dialektologiyasi va tarixi kafedrasiga boshchilik qildi.

Sergey Ivanovich Zinin respublika maktablari va OTMlari uchun bir qator rus tili bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar muallifi, u tomonidan umumiy va rus tilshunosligi, onomastika va kutubxonachilikka oid 100 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etilgan.

U 1986 yildan 1990 yilgacha O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining rus tili bo‘limi mudiri bo‘lgan. 1990 yil O‘zbekiston Oliy Kengashi deputati etib saylandi. U 1995 va 2000 yillar O‘zbekiston hukumatining Oliy qonunchilik organi — Respublika Oliy Majlisiga saylandi.

1994 yildan 2002 yilgacha S.I.Zinin O‘zbekstonning Rus madaniyati markazini boshqardi, uning faoliyati O‘zbekistonda rus tili, uning madaniyati, an’analarini saqlash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan edi. U aholisi rus tilida so‘zlovchi O‘zbekistonning mintaqaviy shaharlarining zich hududlarida rus madaniyati markazlarini tashkil etilishida shaxsan o‘zi ishtirok etgan.

2002 yildan Sergey Ivanovich Zinin nafaqada.

2013 yil 3 aprel kuni Moskva viloyatining Yegorevskida vafot etgan. Shu yilning 3 mayida O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan rus jamiyati vakili — Sergey Ivanovich Zinin bilan vidolashdi. U vafotidan so‘ng jasadini yoqib, hokini Toshkentdagi Botkin qabristoniga, otasi yoniga dafn etilishini vasiyat qilgan.

Talabalik davridan Sergey Yesenin ijodiga qiziqib, Zinin rus shoirining 100 dan ziyod asarlarini hamda rus va bosh tillardagi risola, Yesenin ijodi haqida gazeta va oynomalardagi maqolalarini to‘plagan edi. Ushbu to’plamning katta qismini Toshkentdagi Sergey Yesenin muzeyina taqdim etgan, mazkur muzey tashabbuskor va ta’sischilaridan biri ham sanaladi.

1992 yildan S. I. Zinin tashabbusi bilan Toshkentda Yesenin Muzeyi Kengashi buyurtmasiga ko‘ra, “Esenin olami” maxsus nashrlari chop etila boshlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x