Zinatsef™ ko‘pchilik beta-laktamazalarga chidamli va grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarning keng ta’sir doirasiga nisbatan faol bo‘lgan tsefalosporinlar guruhiga mansub bakteritsid antibiotikdir.
Preparatni tsefuroksimga sezgir bo‘lgan bakteriyalar chaqirgan kasalliklarni davolash uchun, shuningdek qo‘zg‘atuvchi hali aniqlanmagan davrda ham qo‘llash mumkin.
Tsefuroksim natriyga nisbatan sezgirlik geografik manzil va vaqtga qarab o‘zgaradi.
Shuningdek, agar mavjud bo‘lsa, sezuvchanlik bo‘yicha mahalliy ma’lumotlarni ham hisobga olish zarur (Farmakologik xususiyatlari, Farmakologik samaralari bo‘limlariga qarang) Quyidagi holatlarda qo‘llanadi: respirator infektsiyalar: masalan, bakterial pnevmoniya, o‘tkir va surunkali bronxit, infektsiyalangan bronxoektazlar, o‘pka abstsessi, ko‘krak qafasi a’zolarini operatsiyadan keyingi infektsion kasalliklari;LOR-a’zolarining infektsiyalari: masalan, sinusit, tonzillit, faringit va o‘rta quloq otiti;siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari: masalan, o‘tkir va surunkali piyelonefrit, tsistit, simptomsiz bakteriuriya;yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari: masalan, tsellyulit, saramas va jarohat infektsiyalari;suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari: masalan, osteomiyelit va septik artrit;akusherlik va ginekologik infektsiyalar, ju jumladan kichik chanoq a’zolari kasalliklari;gonoreya, ayniqsa penitsillin bilan davolash mumkin bo‘lmagan holatlari;boshqa infektsiyalar, shu jumladan septitsemiya, meningit, peritonit;qorin bo‘shlig‘i a’zolarida o‘tkazilgan jarrohlik, chanoq a’zolaridagi jarrohlik, yurak-qon tomir va ortopedik operatsiyalar, kizilung‘ach, o‘pka va tomilarda o‘tkazilgan operatsiyalardan so‘ng asoratlar xavfi yuqori bo‘lganda infektsion asoratlarni oldini olish.
Ko‘pgina hollarda Zinatsef™ bilan o‘tkazilgan monoterapiya samarali hisoblanadi, lekin zarurati bo‘lganida, ayniqsa ovqat hazm qilish yo‘llarida va ginekologik operatsiyalardan so‘ng, preparatni aminoglikozid antibiotiklari yoki metronidazol bilan birga (peroral, suppozitoriyda yoki inyektsiya orqali) qo‘llash mumkin.
Pnevmoniyani va surunkali bronxit kasalligi zo‘rayishini davolashda Zinnat™ (tsefuroksim aksetil) bilan peroral davolashga o‘tishdan oldin Zinatsef™ qo‘llash samarali hisoblanadi.