Zeninс рецептом

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya (shu jumladan qon aralash), ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, ishtahani pasayishi, qorinda og‘riq, soxta membranoz enterokolit; “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, gepatit, disbakterioz.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi, qon tomir kollapsi, taxikardiya, Q-T intervalini uzayishi.

Moddalar almashinuvi tomonidan: gipoglikemiya (ishtahani oshishi, ko‘p terlash, titrash).

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, uyquchanlik, tremor, bezovtalik, paresteziyalar, qo‘rquv, gallyutsinatsiyalar, ongni chalkashishi, depressiya, harakat buzilishlari, tutqanoq hurujlari (unga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda).

Sezgi a’zolari tomonidan: ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish va taktil sezuvchanlikni buzilishi.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, mushaklar kuchsizligi, mialgiya, paylarni uzilishi, tendinit, rabdomioliz.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: giperkreatininemiya, interstitsial nefrit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.

Qon yaratish tizimi tomonidan: eozinofiliya, gemolitik anemiya, leykopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, gemorragiyalar.

Teri reaktsiyalari va o‘ta yuqori sezuvchanlikning umumiy reaktsiyalari.

Ba’zi hollarda: terini qichishishi va qizarishi.

Kam hollarda: shuningdek eshakemi, bronxlarni qurishi va og‘ir nafas qisishini kuzatilishi kabi o‘ta yuqori sezuvchanlikning umumiy reaktsiyalari (anafilaktik va anafilaktoid reaktsiyalar), shuningdek kam hollarda – teri va shilliq qavatlarni (masalan yuz va hiqildoq sohasida) shishi.

Juda kam hollarda: arterial bosimini to‘satdan tushib ketishi va shok; quyosh va ultrabinafsha nurlariga yuqori sezuvchanlik.

Alohida hollarda: terida pufakchalar paydo bo‘lishi bilan birga og‘ir toshmalar, masalan Stivens-Djonson sindromi, toksik–epidermal nekroliz (Layell sindromi) va ekssudativ ko‘p shaklli eritema.

O‘ta yuqori sezuvchanlikning umumiy reaktsiyalariga ba’zida biroz yengil teri reaktsiyalari qo‘shilishi mumkin.

Yuqorida ko‘rsatilgan reaktsiyalar Levofloksatsinni yuborgandan keyin bir necha minut yoki soat o‘tganidan keyin darhol boshlanishi mumkin.

Jigar va buyrakka ta’siri.

Tez-tez: jigar fermentlari faolligini oshishi (masalan alaninaminotranferaza va aspartataminotransferaza).

Ba’zi hollarda: qon zardobida bilurubin va kreatinin darajasini oshishi (jigar va buyrak faoliyatini cheklanish belgilari).

Juda kam hollarda: jigar tomonidan reaktsiyalari (masalan, jigar yallig‘lanishi); o‘tkir buyrak yetishmovchiligigacha bo‘lgan buyrak faoliyatining yomonlashuvi, masalan allergik reaktsiyalar oqibatida (interstitsial nefrit).

Qonga ta’siri: Ba’zi hollarda: ayrim qon hujayralari sonini ko‘payishi (eozinofiliya), oq qon tanachalari sonini kamayishi (leykopeniya).

Kam hollarda: ayrim oq qon tanachalari sonini kamayishi (neytropeniya); qon quyilishi yoki qon ketishiga moyillikni kuchaytirish qobiliyatiga ega bo‘lgan trombotsitlar sonini kamayishi (trombotsitopeniya).

Juda kam hollarda: og‘ir kasallik simptomlarini (tana haroratini turg‘un yoki qaytalanuvchi oshishi, tomoqni yallig‘lanishi va o‘zini yomon his qilish) rivojlantirish qobiliyatiga ega bo‘lgan ayrim oq qon tanachalar sonini juda kuchli kamayishi (agronulotsitoz).

Ayrim hollarda: qizil qon tanachalarini ularni bo‘linishi oqibatidagi kamayishi (gemolitik anemiya); barcha turdagi qon hujayralar sonini kamayishi (pantsitopeniya).

Boshqa nojo‘ya ta’sirlar: Ba’zi hollarda: umumiy holsizlik (asteniya).

Juda kam hollarda: isitma, o‘pka darajasidagi (allergik pnevmonit) yoki kichik qon tomirlari darajasidagi (vaskulit) allergik reaktsiyalari.

Barcha antibiotiklar bilan davolash normada insonda mavjud bo‘lgan ichak mikroflorasini o‘zgarishini chaqirishi mumkin (bakteriyalar va zamburug‘lar).

Shu sababli, qo‘llaniladigan antibiotikka chidamli bo‘lgan bateriya va zamburug‘larni kuchli ko‘payishi yuz berishi mumkin (ikkilamchi infektsiya), bu ayrim hollarda qo‘shimcha davolashni talab etishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x