ZELENSKIY Nikolay Dmitriyevich (1861.6.2 — 1953.31.7) — kimyogar. Akad. (1929), organik kataliz haqidagi taʼlimot asoschilaridan. Moskva un-ti prof. (1893). Siklopentanli va siklogeksanli uglevodorodlarni sintez qilgan. Siklogeksan va uning gomologlarini platina va palladiy katalizatorlari ishtirokida degidrogenlash yoʻli bilan aromatik uglevodorodlar olgan, shu usul bilan benzin va kerosin fraksiyalaridagi siklogeksanli uglevodorodlar miqdorini aniqyaagan, shuningdek, neftdan aromatik uglevodorodlar olgan. 3. va uning shogirdlari shu sohadagi keyingi tadqiqotlarga asoslanib, siklopentanli uglevodorodlarning gidrogenoliz reaksiyasini kashf etishdi.
1918—19 y. larda 3. alyuminiy xlorid va alyuminiy bromid ishtirokida solyar moyi va neftdan kreking yoʻli bilan benzin olish usulini ishlab chiqib, sanoatga tatbik, etgan. G. Stadnikov bilan birga aldegidlar va ketonlardan aaminokislotalar sintezlash usulini kashf etgan (bu usul 3elinskiy — Stadni kov reaksiyasi deb ataladi). 3. adsorbsiya va koʻmirli protivogaz yasash sohasida ish olib bordi.