Zaytun yog’idan samarali foydalanish yo’llari

Zaytun moyi yog’lar orasida eng foydalisi hisoblanadi. Uning yordamida kishi oshqozon va ichak kasalliklarini davolash mumkin. Lekin bugun biz zaytun moyining boshqa foydali xususiyatlari haqida hikoya qilamiz. Zaytun moyi go’zallik eliksiri hisoblanadi. U terini namlantirib, rangini yaxshilaydi va ajinlarni yo’qotadi.

Namlantirish. Zaytun moyi nafaqat terini namlantiradi, balki qayta tiklantirib, yallig’langan joylarni samarali davolaydi. Shu sababli mutaxassislar o’ta quruq teri sohibalariga va terisi quyosh nuridan kuyganlarga zaytun moyi surtishni tavsiya etishadi.
Pardozni tozalash. Аgar sizning kosmetika vositalariga allergiyangiz bo’lsa, unda zaytun moyidan pardozni tozalovchi vosita sifatida foydalaning. Shunchaki paxtali tamponni moyga botirib olib, ko’zlar ustiga bir necha daqiqaga qo’ying. Keyin esa uqalovchi harakatlar yordamida ko’zdagi bo’yoqlarni artib tashlang.
Sochlarni mustahkamlash. Zaytun moyi zaiflashgan sochlarni mustaxkamlovchi eng yaxshi vositalardan biridir. Moyni biroz ilitib, soch ildizi va uzunligiga qarab surting. So’ngra boshni plyonka va sochiq bilan bir soatga o’rang. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetganidan keyin sochni shampun yordamida yuving.
Terini himoyalash. Izlanishlar natijasida ma’lum bo’lishicha, zaytun moyi tarkibidagi polifenol moddasi terini ulьtrabinafsha nurlar va erta ajin tushishidan himoya qiladi. U shuningdek, sizning teringizni boshqa zararli ta’sirlardan asrashi mumkin. Har safar idish tovoq yuvish yoki uyning boshqa joylarini suyuq vositalar bilan tozalashdan oldin qo’lingizga zaytun moyi surtsangiz, qo’l quruqshashi, achishishi va qichishishi kabi noxush holatlarning oldini olgan bo’lasiz.
Lablar uchun malham. Kuz va qish mavsumlarida lablar tez qurib qolib, natijada yoriladi. Lablaringizni yana avvalgi holatiga keltirish va lab terisini tiklanishi uchun bir xil miqdordagi zaytun moyi va asalari mumini aralashtiring. So’ngra ana shu aralashmani kun davomida bir necha marotaba lablaringizga surting.
Tsellyulit bilan kurash. Bir xil miqdordagi zaytun moyi va qahva quyqumini yaxshilab aralashtiring. Hosil bo’lgan aralashmani muammoli joylarga uqalovchi harakatlar yordamida 5 daqiqa davomida uqalab surting. Bunda uqalash og’riqsiz bo’lishiga alohida e’tibor bering. Muolajadan so’ng dush qabul qiling.
Qo’l va tirnoqlar parvarishi. Qo’l terisi doim oziqlantiruvchi kremga muhtoj bo’ladi. Bunday kremlar esa arzon narxda sotilmaydi. Zaytun moyi esa ana shunday kremlar o’rnini bosishi mumkin. Faqat undan uxlashdan oldin foydalanish tavsiya etiladi. Uyquga ketishdan oldin qo’lingizga shunchaki zaytun moyi surting. Аgar tirnoqlaringizni mustaxlamlamoqchi bo’lsangiz paxtali tamponni zaytun moyiga botirib olib, keyin shu paxta bilan tirnoq chetini yaxshilab artib chiqing.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x