ZAYSEV Aleksandr Mixaylovich (1841.20.6, Qozon 1910.19.8) rus organik kimyogari, Peterburg FA muxbir aʼzosi (1885). Qozon un-tining prof. (1871). Dietilkarbinolni sintez qilgan va organik birikmalarning yangi sinfi — laktonlarni kashf etgan (1873). Galogenvodorodlarning toʻyinmagan uglevodorodlarga birikish va galogenvodorodlarning alkilgalogenidlardan ajralish qonuniyatini kashf etgan (bu qonuniyat Zaysev qoidasi deb ataladi). Alkilgalogenid bilan keton aralashmasiga rux taʼsir ettirib, uchlamchi toʻyingan spirt sintez qilishning yangi usulini taklif etgan (1885). Rux organik birikmalar yordamida ketonlardan uchlamchi spirtlar olish usulini ishlab chiqqan (bu usul Zaysev reaksiyasi deb ataladi). Shogirdlari bilan bir qancha toʻyinmagan uglevodorodlar (butilen, diallil va b.) sintez qilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые