Yurakqon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: yurak urishini tezlashishi, aritmiya, yurak qorinchalar taxikardiyasi, QT oralig‘ini uzayishi, ikki tomonlama yo‘nalgan qorinchalar taxikardiyasi.
Me’daichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, abdominal og‘riqlar/spazmlar, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, anoreksiya, qabziyat, til rangini o‘zgarishi, soxtamembranoz kolit, xolestatik sariqlik, gepatit, jigar faoliyatining laborator ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi, jigar yetishmovchiligi.
Qon tomir va limfatik tizim tomonidan buzilishlar: trombotsitopeniya, neytropeniya.
Markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar: bosh aylanishi/vertigo, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, uyquchanlik, paresteziya, asteniya, uyqusizlik, giperfaollik, tajovuzkor harakat, havotirlik hissi, asabiylik.
Sezgi a’zolari tomonidan buzilishlar: quloqlarda shovqin, eshitishni karlikkacha bo‘lgan qaytuvchan buzilishi (yuqori dozalarni uzoq vaqt davomida qabul qilganda), ta’mni va hid bilishni buzilishi.
Allergik reaktsiyalar: qichishish, teri toshmasi, angionevrotik shish, eshakemi, fotosensibilizatsiya, anafilaktik reaktsiya, shu jumladan ko‘p shaklli eritema, StivensDjonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.