Zatsefс рецептом

Infektsiyalar va invaziyalar: kandidoz (jumladan, vaginit va  kandidozli  stomatit).

Qon va limfatik tizim: eozinofiliya, trombotsitoz, leykopeniya, neytropeniya.

trombotsitopeniya, limfotsitoz, gemolitik va aplastik anemiya, agranulotsitoz, gemorragiyalar.

Immun tizimi: anafilaksiya (jumladan bronxospazm va/yoki  arterial  gipotenziya) Markaziy nerv tizimi: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, paresteziyalar.

Tseftazidimning dozasi muvofiq ravishda kamaytirilmagan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda tremor, miokloniya, tirishishlar, entsefalopatiyalar va koma holatlari kabi nevrologik asoratlar bo‘lgan holatlar haqida xabar berilgan.

Qon tomir buzilishlari: yuborish  joyida  flebit yoki tromboflebit.

Ovqat hazm qilish yo‘llari: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, kolit (shu jumladan soxtamembranoz  kolit), ta’mni buzilishi.

Gepatobiliar tizim: jigar fermentlari (ALT, AST, LDG, GGT, ishqoriy fosfataza), darajasini oshishi, sariqlik.

Teri va teri osti qavati: makulopapulez toshmalar, eshakemi, dori isitmasi, qichishish, angionevrotik shish, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik-epidermal nekroliz.

Siydik-chiqarish tizimi: interstitsial nefrit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.

Umumiy reaktsiyalar va yuborish joyida buzilishlar: mushak ichiga yuborish joyida og‘riq va/yoki yallig‘lanish.

Ruhiy buzililishlar: ongni  chalkashishi, gallyutsinatsiyalar.

Laboratoriya ko‘rsatkichlari: Kumbsning musbat testi (taxminan 5% patsiyentlarda  ayrim qon guruhiga ta’sir qilishi kuzatilgan).

Boshqa tsefalosporinlarni qo‘llangada bo‘lgani kabi, ba’zida qon plazmasida mochevina, azot mochevina va/yoki kreatinin darajasini tranzitor oshishi aniqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x