Tarjimai hol
Hakim Karimovich Zaripov — o‘zbek, sovet sirk artisti, otliq-chavandoz, ot o‘rgatuvchi, SSSR xalq artisti (1980).
Tarjimai holi
Hakim Zaripov 1924 yil 17 sentabr Toshkentda, sirk artistlari sulolasi asoschisi Karim Zaripov oilasida tavallud topgan.
Sirkdagi faoliyatini 1938 yil, otasi Karim Zaripov boshchiligidagi “O‘zbekiston chavondozlari” ansamblida otliq-chavondoz sifatida boshlagan. 952 yildan 2006 yilga qadar ushbu jamoaga boshchilik qilgan.
Ansambl bilan ko‘pgina SSSR shaharlarida va chet ellarda: Bolgariya, Polsha, Chexoslovakiya, Germaniya, Ruminiya, Mongoliya, Vengriya, Finlyandiyada gastrol safarlarida bo‘lgan.
R.Glier nomidagi Toshkent musiqa maktabini (hozirgi Glier nomidagi Respublika maxsus musiqa akademik litseyi), so‘ngra Toshkent konservatoriyasining (hozirgi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi) dirijyorlik fakultetini (simfonik bo‘limi) tamomlagan. Sirk jamoalarida, dasturlarda badiiy rahbar, turli sirklarda direktor bo‘lib ishlagan.
Ko‘pgina sirk artistlariga ustozlik qilgan.
Hozirgi vaqtda ish faoliyatini davom ettirmoqda. “O‘zbekiston chavondozlari” guruhini qayta tikladi va otlarni o‘rgatish bilan shug‘ullanmoqda.
Mukofot va unvonlari
• O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1954)
• O‘zbekiston xalq artisti (1964)
• SSSR xalq artisti (1980)
• Har xil Ittifoq respublikalar Oliy Kengashlarining 12 faxriy yorliqlari sohibi
• Nishon va medallar.
Aktyorlik ishi
• 1955 — Nesterka — lavha
• 1956 — Doxunda — lavha
• 1957 — Sahrodagi hodisa — lavha
• 1961 — Muhabbat haqida qissa — epizod
• 1967 — Dayyana Shoor bilan birga Amerika uchun sovet sirki.
• 1978 — Chavandoz Zaripovlar
• 1979 — Havodagi yo‘lovchilar — Otliq chavandozlar
• Tirik Afsona va Nurota qadamjolari (Tirik afsona) (Hujjatli film).
Sulola
Otasi — Karim Zaripov (Karim Kizik) (1893—1960) — sulola asoschisi, ijodiy faoliyatini 1902 yilda “kauchuk” janridan boshlagan, keyinchalik havo gimnastikasi, masxarabozlik, ot o‘rgatuvchi, chavondoz-artist janrlarida faoliyat yuritgan, O‘zbekiston xalq artisti.
Onasi — Muborak Zaripova (1906—1992) — birinchi o‘zbek masxaraboz ayoli, ot o‘rgatuvchi, otliq-artist, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1965).
Rafiqasi — Nina Dmitriyevna Zaripova (tug‘. 1924) — balerina, otliq- chavandoz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1965), Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.
Qizi — Gavhar Zaripova (tug‘. 1949) — otliq-chavandoz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1980).
O‘g‘li — Anvar Zaripov (tug‘. 1956) — chavondoz- artist, 2006 yildan “O‘zbekiston chavandozlari” jamoasi rahbari.
Nabirasi — Karima Zaripova (tug‘. 1982), “kauchuk” janridagi sirk artisti, xalqaro mukofotlar sovrindori.
Nabirasi — Zaripov Erkin (Igor) (tug‘. 1983) — belbog‘li havo gimnasti, xalqaro mukofotlar va rekordlar sohibi, 2003 yildan Dyu Soleyning “Zumaniti” va “Maykl Jekson” kabi sirk tomoshalarida yakkaxon ijrochisi sifatida faoliyat yuritib keladi.
Singlisi — Soyuza (Xolida) Zaripova (1927—2006) — otliq-chavandoz (grotesk), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist(1955).
Singlisining turmush o‘rtog‘i — Sharifboyev Fahritdin Rahimerdiyevich (1928—1997) — chavandoz-artist, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1969).
Singlisining qizi — Zaripova Karima Fahritdinovna (tug‘ilgan 1960) — otliq-chavandoz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (2000).
Singlisining o‘g‘li — Zaripov Ulug‘bek Fahritdinovich (tug‘. 1968) — chavandoz-artist, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (2004).