ZARAUTSOY RASMLARI

ZARAUTSOY RASMLARIOʻzbekiston hududidagi eng qad. qoyatosh rasmlari. Hisor tizmasining jan. gʻarbida. Koʻhitang togʻining sharqiy yon bagʻridagi Zarautsoy darasidagi ungir va kamar toshlariga ishlangan ibtidoiy sanʼatnint nodir namunalari. Surxondaryo viloyatida, Termizdan 100 — 110 km shim. gʻarbda. 1912-y. da I. Fyodorov tomonidan topilgan. Arxeolog G. Parfyonov (1940—45), keyinchalik A. Roginskaya (rassom), A. Formozov, A. Kabirovlar tomonidan oʻrganilgan. 200 dan ortiq rasmlar mezolit, neolit va keyingi davrlarga mansub. Rasmlar chizma tarzida kontur va soya uslubida qizil angob (oxra) bilan chizilgan. Zarautsoy rasmlarida odamlarning itlar yordamida yovvoyi buqalarni ov qilish manzarasi tasvirlangan. Hayvonlar (yovvoyi buqa, it, tulki, yovvoyi choʻchqa, burama shoxli echki, jayran, tog echkisi, hasharot va b.), turli buyumlar (oʻqyoy, nayza, oʻroqsimon qurollar), niqoblangan odamlar va b. oʻziga xos tarzda hayotiy qilib ishlangan. Zarautsoy rasmlari ibtidoiy sanʼatning noyob yodgorligi sifatida yodgorliklarni muhofaza qilish «qizil kitob»iga kiritilgan.

Ad.: Roginskaya A., Zarautsay M. —L., 1950; Pugachenkova G. A., Rem pel L. I., Vыdayuщiyesya pamyatniki izobrazitelnogo iskusstva Uzbekistana, T., 1960; Formozov A. A., Ocherki po pervobыtnomu iskusstvu, M., 1969.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x