ZANGLAMAS POʻLAT

ZANGLAMAS POʻLATatmosfera sharoitida va baʼzi zararli muxitlarda zanglashga (korroziyaga) qarshi turgʻun poʻlat; legirlangan poʻlat turi. Poʻlatning zanglashga qarshilik xossasini yaxshilovchi asosiy legirlovchi element xrom (12—20%) hisoblanadi (q. Metallar korroziyasi). Poʻlat sirtida himoya pardasi hosil qiladigan elementlar — alyuminiy, kremniy, nikel va b. ning ham boʻlishi poʻlatning zanglashga turgʻunligini oshiradi. Bulardan tashqari, yuzaning holatiga moye keluvchi metallning bir jinsliligi, kristallitlararo korroziya, oʻta yuqori (metall va payvand birikmalarda darzlar hosil qiluvchi) kuchlanishlar taʼsirida yemirilishga moyil boʻlmaslik xossalari muhim ahamiyatga ega. Xromli, xromnikelli va xromnikelmarganesli xillari bor. Xromli 3. p. dan pech jihozlari, qizdirish pechlarining elementlari tayyorlanadi. Xromnikelli va xromnikelmarganesli 3. p. dan yuqori tralarda bosim ostida ishlaydigan apparat va buyumlarning detallari tayyorlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x