ZAKOT

ZAKOT (arab. — tozalanish, sadaqa berish) — molmulk va daromaddan beriladigan sadaqa, xayrehson. Islomning 5 asosiy talablaridan biri. Shariatta muvofiq, muayyan boylikka ega boʻlgan katta yoshdagi musulmon 3. beradi. 3. beruvchi kishining mablagʻi oʻzi va qaramogʻidagilarning zaruriy extiyojlaridan ortiqcha boʻlishi lozim. Bu mablagʻga kishining jamgʻarmasi, doʻkonda sotiladigan narsalari, sotaman deb olib qoʻygan narsalari, birovga bergan qarzi kiradi. Qurʼoni karimning ayrim suralarida 3. namoz bilan yonmayon zikr etilgan. U yilda bir marta berilishi shart boʻlgan xayrehson (sadaqa) qatoriga kiradi va ayni vaqtda ibodat hisoblanadi. 3. miqdori mablagʻlarning 1/40 ulushi (2,5%)ga teng. Zakotni zakot berolmaydigan musulmonlar olishga xakli. 3. avval qarindoshlar orasidagi muxtojlarga, bunday qarindoshlar boʻlmasa, kambagal, qarzdor, musofirlarga beriladi. Dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan 3. miqdori bir oz boshqacharoq belgilangan. Zakotning asl hikmati faqir va muhtojlarning hojatini chiqarmoqdir.

Ad.: Imom alBuxoriy, Hadis, 1j. T., 1991; Margʻinoniy Burhoniddin, Hidoya, 1j., T., 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x