ZAFAROBOD TUMANI

ZAFAROBOD TUMANIJizzax viloyatitsat tuman. 1973-y. 12 apr. da tashkil etilgan. Jan. da Jizzax tumani, shim. gʻarbda Arnasoy va Doʻstlik tumanlari, shim. da Forish tumani, sharkda Paxtakor tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,47 ming km2. Aholisi 40,3 ming kishi (2000). 3. t. da 1 shaharcha (Zafarobod), 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Birlik, Yorqin, Lolazor, Timiryazev, Uchqahramon, Chimqoʻrgʻon, Hulkar) bor. Markazi — Zafarobod shaharchasi.

Tabiati. 3. t. hududi Mirzachoʻl dashtining gʻarbida joylashgan. Relyefi, asosan, tekislik boʻlib, lyossimon qumoq va qumloqlardan iborat, bir qismi Nurota toglarining shimsharqiy etaklariga tutash. Iklimi kontinental. Iyulning oʻrtacha trasi 26—28°, yanv. niki — 8,5°. Yiliga 250—280 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 200—210 kun. Yer osti suvlari yuza, shoʻr va shoʻrtob. Yerlari Jan. Mirzachoʻl kanalidan sugʻoriladi. Oqova shoʻr suvlarni chiqarib yuborish uchun ariq va zovurlar qazilgan. Yovvoyi oʻsimliklar. Aholisi asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, rus, tatar, qirgʻiz va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 85 kishi toʻgʻri keladi.

Xoʻjaligi. Tumanda 5 ta sanoat korxonasi: paxta tozalash zdi, non yopish sexi, bosmaxona, «Bunyod» i. ch. korxonasi, «Ulugʻbek» xususiy i. ch. birlashmasi bor. Q. x. da 17 shirkat xoʻjaligi va I ijara shirkat jamoasi mavjud. Mevasabzavot quritish, gilampoyondoz sexlari, makaron sexi, tegirmon, moyjuvoz, bichishtikish sexlari ishlab turibdi. Xoʻjaliklarda 11,5 ming qoramol, 37,2 ming qoʻyechki boqiladi.

Asosan, goʻsht, sut, mevasabzavot, poliz ekinlari, gʻalla yetishtiriladi. 3. t. da dehqon fermer xoʻjaliklari, xususiy va kichik korxonalar, tijorat doʻkonlari faoliyat koʻrsatmoqda. 70 dan ortiq umumiy taʼlim maktabida 28600 oʻquvchi taʼlim olmoqsa. Litsey va gimnaziya mavjud. 34 kutubxona, 385 oʻrinli 3 kasalxona, 8 davolash ambulatoriyasi, 6 qishloq vrachlik shoxobchasi, 5 dorixona, 94 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi xizmat koʻrsatmoqda. Tuman hududidan Buyuk ipak yoʻli deb atalgan qad. karvon yoʻli oʻtgan. Ustrushona, Zomin, Pishogʻar kabi tarixiy joylar, koʻhna qalʼalar qoldiqlari, qad. qabristonlar saklangan. Tumanda Dashtobod t. y. stansiyasi bor. Zomin — Toshkent, Zomin — Jizzax, Zomin — Guliston kabi yoʻnalishlarda avtobus qatnaydi. Tumanda «Sharq tonggi» gaz. nashr etiladi (adadi 2000).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x