Ko’z atrofi alohida e’tiborga moyil: quyoshdan ximoya qiluvchi ko’zoynak taqish bilan nafaqat ko’zingiz atrofida ajinlar ko’payishini oldini olasiz, balki ko’z nuringizni ham asraysiz.
SP-faktorli kremdan foydalanishning ayni vaqti. Bu mavsumda yuzingizni quyosh nuriga tutib berib, qorayish niyatingiz bo’lmasa, pardoz stolingizdan, albatta, bu turdagi kremlarga o’rin ajratishingiz kerak bo’ladi. Tez zararlanadigan yanoq va bo’yin sohasiga ko’proq surishni unutmang.
Ko’proq suv iching! Bu nafaqat chanqog’ingizni bosishingizga, balki yuz teringizda namlik meyorining saqlanishi uchun juda muhim!
Petrushka ko’kati tetiklashtiradi. Bir bog’ petrushka ko’katini maydalab ustidan ko’mgunicha qaynab turgan suv quyiladi. Yarim soat tindirilgan damlama suzib olinadi va yuz chayiladi. Bunday damlama uchun quritilgan, barra yoki muzlatilgan ko’katdan foydalanilsa ham bo’ladi.
Bodring oqartiradi. Bodringni mayda qilib to’g’raysiz (qirg’ichdan o’tkazsangiz ham bo’ladi) va unga o’zingiz foydalanadigan oziqlantiruvchi yuz kremingizdan ozgina qo’shasiz. Аgar yuz teringiz yog’li bo’lsa, bodringni suvini siqib olib, teng miqdorda spirt qo’shasiz va bir kecha kunduzga tindirib qo’yasiz. Undan so’ng ushbu massa bilan yuzingizni (doka yordamida) kompress qilsangiz bo’ladi. Muolaja vaqti: 20 daqiqa
Smetana oziqlantiradi. 300 ml smetanaga bir qism maydalab to’g’ralgan petrushkani aralashtirasiz va yuzingizga bir tekisda surtasiz. Аgar yuz teringiz quruq bo’lsa, teng miqdorda smetana va limon aralashtirasiz. Muolaja vaqti: 15 daqiqa. So’ng paxtali disk yoki oddiy tibbiy paxtani iliq suvda namlab, yuzingizni artasiz.
Normal turdagi yuzlarga. O’rtacha kattalikdagi turpni qirg’ichdan o’tkazasiz (taxminan 4 choy qoshiq chiqishi kerak) va unga ikki-uch tomchi zaytun yog’i aralashtirasiz. Tayyor massani yuzingizga surib, 20 daqiqadan so’ng iliq suvda yuvib tashlaysiz.
loading…