YUSUPOV Polvonniyoz Hoji

YUSUPOV Polvonniyoz Hoji, Polyoz Hoji (1861 Xiva 1936.14.5) Yosh xivaliklar partiyasining asoschisi, davlat arbobi. Xiva xonligi hududidagi jadidchilik harakatida faol qatnashgan.

Asfandiyorxonning jadidlarga qarshi siyosati natijasida Yusupov 1917 yil oxiridan boshlab 2 yil davomida Toshkentda yashagan. Bolsheviklar taʼsiridagi Yosh xivaliklar inqilobiy qoʻmitasi raisi (1918-yil boshidan). Turkiston ASSR Milliy ishlar xalq komissarligida Turkman shoʻbasi boshligʻi (1919). Xiva xonligi agʻdarilgach (1920-yil 1 fev.), yangi tashkil qilingan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Nozirlar Shoʻrosining birinchi raisi (1920-yil 27 apr. — 1921-yil 6 mart).

Yusupov XXSR hukumati raisi sifatida mustaqil siyosat yuritish va Xorazm Respublikasida demokratik islohotlarni qaror toptirish uchun intilgan. Biroq Turkiston komissiyasi (Turkkomissiya) va Turkiston fronti qoʻmondonligi Yusupovning bu siyosatiga qarshi chiqib, Xivada yangi hukumat toʻntarishini amalga oshirishgan. Yusupov faol siyosiy kurashdan voz kechganligi uchun keyinchalik bolsheviklar tomonidan afv qilingan va XXSRda turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Ad.: Matkarimov M., Xorazm Respublikasi: davlat tuzilishi, nozirlari va iqtisodi, Urganch, 1993.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x