YUSUFIY

YUSUFIY (taxallusi; asl nomi Yusuf ibn Muhammad ibn Yusuf Hiraviy) (15-asr oxiri, Hirot — 1544, Hindiston) — forsigoʻy shoir, lugʻatshunos, tabib. Tabobat ilmini otasidan oʻrgangan; Zahiriddin Boburning xos tabibi boʻlgan. Tibbiy, adabiyfalsafiy mazmundagi 20 dan ortiq nasriy va nazmiy asarlar muallifi; ulardan 12 tasining qoʻlyozmasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi. «Jomi ulfavoyid» («Foydalar toʻplami», 1512), «Bahr uljavohir» («Gavharlar dengizi»), «Favoyid ulaxyor» («Yaxshilarga foydalar»), «Daloyili nabz» («Tomir koʻrsatishlari»), «Qasida dar hifzi sihhat» («Sogʻliqni saqlash haqida qasida»), «Ayn ulhayot» («Hayot mohiyati»), shuningdek, arabchaforscha, hindiychaforscha ilmiy lugʻatlar tarzida yaratilgan asarlari shu jumladandir. Yusufiyning qasida, masnaviy, qitʼa va ruboiylardan iborat «Jomiul-favoyid» asari xalq orasida «Tibbi Yusufiy» nomi bilan shuhrat qozongan. Asar Yu. ning tabobat sohasidagi shaxsiy tajribalari hamda ustozlaridan olgan bilimlarga suyanib yozilgan va unda murakkab dorilar, kasallik alomatlari va davolash qoidausullari bayon qilingan. Ushbu asar 2-marta (1882, XorazmMulla Muhammad Amin; 1898, Toshkent — Muhammad shoh ibn shoh Fayzullo) oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Yusufiyning «Munojot dar talabi ishq va muhabbat» («Ishq va muhabbat istagida qilingan munojot»), «Anvor ulhikmat» («Hikmat nurlari») asarlarida hayotiy masalalarga oid nasihatlar, falsafiy fikrlar bayon qilingan.

Ad.: Irisov A., Nosirov A., Nizomiddinov I., Oʻrtaosiyolik qirq olim, T., 1961.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x