YUSUF SAKKOKIY

YUSUF SAKKOKIY (Yusuf ibn Muhammad Abu Yaʼqub Sirojiddin alXorazmiy asSakkokiy) (1160 — Xiva — 1228) — tilshunos va adabiyotshunos. Asosan arab tilida ijod qilgan. Tarjimai holiga doir maʼlumotlar juda kam. Xondamirning yozishicha, Yusuf Sakkokiy sehrgarlikda nohaq ayblanib, Chigʻatoy xoni tomonidan zindonband etilgan va qamoqda vafot etgan.

Yusuf Sakkokiy fanning turli sohalariga oid koʻplab asarlar yozgan. Bizgacha yetib kelgan, arab adabiyoti va grammatikasi masalalariga bagʻishlangan «Miftoh ululum» («Ilmlar kaliti») asari mashhur boʻlib, u madrasa talabalari uchun darslik sifatida foydalanilgan. Turk tarixchisi Kotib Chalabiy maʼlumotlariga qaraganda, Yusuf Sakkokiyning «Shomil fi ilm ulhuruf» («Grammatikadagi bogʻlovchilar haqida») degan asari ham boʻlgan.

«Miftoh ululum» 3 qismdan iborat va filol. ning 10 tarmogʻini oʻz ichiga olgan boʻlib, asosan, sarf (morfologiya), nahv (sintaksis), lugʻat, munozara odobi, aruz, qofiya, sheʼr tuzilishi, maoniy va bayon ilmi (ritorika va uslubshunoslik) kabi ilmlar haqida bahs yuritadi. Unda, ainiqsa, adabiyot nazariyasi mukammal ishlab chiqilgan. Asarning 3-qismi katta shuhrat qozonib, uzoq vaqt adabiyot nazariyasi va nutq madaniyatini oʻrganishda asosiy qoʻllanma boʻlib kelgan. Bu qism qaytaqayta koʻchirilgan, unga sharhlar yozilgan, talxis (bayon)lar bitilgan (Muhammad Qazviniy, Qutbiddin Sheroziy, Saʼdiddin Taftazoniy, Mirsayyid Sharif va boshqalar tomonidan). Yusuf Sakkokiy ijodi til va adabiyot nazariyasi rivojida katta rol oʻynagan. «Miftoh ululum» asarining qoʻlyozma nusxalari jahonning deyarli barcha sharq qoʻlyozmalari fondlarida saqlanadi. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida ham uning bir qancha nusxalari mavjud.

Ad.: Krachkovskiy I. Yu., Izbrannme sochineniya, t. 6, M. L., 1960; Irisov A., Nosirov A., Nizomiddinov I., Oʻrtaosiyolik qirqolim, T., 1961.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x